Uchuvchisiz uchadigan apparatlar “Dron”lardan noqonuniy foydalanish oqibatlari

Ayni vaqtda dunyoda uchuvchisiz boshqariladigan qurilma yoki omma tili bilan aytilganida “dron”lar xizmatidan foydalanish ommalashib ketdi. Ulardan faqatgina shoular o‘tkazish uchun emas, balki turizm, tibbiyot, o‘t o‘chirish, harbiy, huquq-tartibot, konchilik sohalarida foydalanish ham o‘z samarasini ko‘rsatmoqda.

Ushbu zamonaviy qurilmaning imkoniyatlari odamlarning ularga bo‘lgan talabini tobora oshirmoqda. Biroq o‘tgan vaqt mobaynida oramizda dronlardan oqilona foydalanmay, turli nojo‘ya ishlarga qo‘l urgan shaxslar ham uchramoqda. Shuning uchun ham hozirgi kunda ulardan foydalanish jarayoni nafaqat dunyoda, balki yurtimizda ham qonun bilan tartibga solingan. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksidagi tegishli moddasi “Uchuvchisiz uchadigan apparatlarni qonunga xilof ravishda olib kirish, o‘tkazish, olish, saqlash yoki ulardan foydalanish” va yana bir moddasi  “Uchuvchisiz uchadigan apparatlarni saqlash va ulardan foydalanish tartibini buzish” kabi moddalar bilan to‘ldirilgan.

Ushbu qonun bilan mamlakat havo hududidan zamonaviy asbob-uskunalar yordamida noqonuniy foydalanish uchun jinoiy javobgarlikka tortish ko‘zda tutildi. Ya`ni, uchuvchisiz uchadigan apparatlarni qonunga xilof ravishda olib kirish, o‘tkazish, olish, saqlash yoki ulardan foydalanish jinoiy javobgarlikka asos bo‘ladi. Bunday tartibni belgilash zarurati, eng avvalo, jamiyatda hayot va sog‘liqqa hamda davlat tuzumiga qarshi huquqqa xilof harakatlarni sodir etish tahdidlarining mavjudligi bilan bog‘liqligi e`tirof etiladi. Shundan kelib chiqib, fuqarolarimizga uchuvchisiz uchadigan apparatlardan ruxsatnomasiz foydalanish, hatto ularning butlovchi va ehtiyot qismlarini ham qonunga xilof ravishda olib kirish, o‘tkazish, saqlash jinoyat ekanligini, mazkur jinoyat uchun esa jazo belgilanganligini eslatib qo‘ymoqchimiz.

                           B. Vaitov,

Transporta XTB XPG katta inspektori, mayor

               Sh. Nusratullayev,

Surxondaryo viloyati transportda XTB TG tergovchisi, katta leytenant

                           B. Arziyev,

Transportrtda XTB XPG katta inspektori, kapitan