Bu olamda o‘zumni chun yamondan-yaxshidin o‘tkardim

 Fevral oyida O‘zbek mumtoz adabiyotining yirik namoyondasi  Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud kuni keng nishonlanadi.  Kuni kecha 14-Fevral kuni shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Boburning 541 yilligi keng nishonlandi. O‘zbekistonning turli go‘shalarida shoir hayoti va ijodiga bag‘ishlangan tadbirlar, she’riy kechalar o‘tkazilmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri tumandagi 13-davlat maktabgacha ta`lim tashkilotida o‘tkazildi.

O‘zbek mumtoz adabiyotining zabardast vakili, buyuk davlat arbobi, mohir sarkarda, olim va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda so‘z olganlar mustaqillik yillarida O‘zbek xalqining boy madaniy merosi, ayniqsa, buyuk bobokalonlarimiz Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur va boshqa ko‘plab allomalar tomonidan yaratilgan nodir, bebaho ilmiy asarlarning jahon taraqqiyoti, ilm-fani rivojidagi ahamiyati, ilmiy salohiyati, insoniyat tafakkurining, ayniqsa, yosh avlod ma`naviyatini yuksaltirishdagi o‘rni va roli nihoyatda muhim ekanligini ta`kidladi.

Xususan, Bobur hayoti va ijodi, o‘lmas asarlari, boburiylarning Hindiston taraqqiyotidagi o‘rni va roli nihoyatda katta ekanligi e`tirof etildi.  Shuningdek, jajji bolajonlar tomonidan Bobur hayotiga bag‘ishlangan sahna ko‘rinishlari namoyish etildi, yosh ijodkorlar Bobur g‘azallaridan namunalar o‘qidi.

                                                                                     Karima Beknazarova,

                                                                                             musiqa rahbari