YANGI BOG‘CHADA  DADIL QADAMLAR

Ilm-u marifat, ta`lim va tarbiya asrlar davomida insonlar hayotida hal qiluvchi ahamiyat kasb etib kelmoqda. Hozirgi kunda maktabgacha va maktab ta`lim bo‘limi tasarrufidagi maktabgacha ta`lim tashkilotlarida bolalarni sifatli maktab ta`limiga tayyorlashga alohida e`tibor qaratilmoqda. O‘sib borayotgan avlodni sog‘lom va har tomonlama yetuk voyaga yetkazish uchun ta`lim-tarbiya jarayoniga samarali ta`lim-tarbiya shakllari hamda usulari joriy etilayapti. Maktabgacha ta`limning samarali tizimini tashkil etish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Ana shunday maktabgacha ta`lim tashkilotlaridan biri Qumqo‘rg‘on tumani ,,Arpapoya» mahalla fuqarolar yig‘inidagi ,,Bolalar uchun maktabgacha ta`lim» tashkilotidir. 2023-yil 3-mart   kunidan  boshlab faoliyat ko‘rsatib kelayotgan bog‘chada  turlli gullar ochilgan, yo‘laklar atrofida har xil o‘yinchoqlar mavjud. Bolalar ovqatlanishi uchun oshxona, uxlab dam olishlari uchun yotoqxonalar, to‘garaklarda mashg‘ulotlar o‘tish uchun  alohida xonalar jihozlangan. Umuman bolajonlar uchun yuqori darajada shart-sharoitlar yaratilgan. Marifatli, qatiyatli, mehnatsevar, shijoatli, talabchan, tajribali Sattorova Maftuna yosh bo‘lishiga qaramay harakat qilayotganligi uchun maktabgacha ta`lim tashkiloti  kundan-kun rivojlanmoqda. Zamonaviy qulayliklarga ega bo‘lgan shinam va ko‘rkam bolalar bog‘chasida 28 nafar xodim ish bilan band. 210 nafar bolajonlar qamrab olindi. Bu maktabgacha ta`lim tashkiloti porloq kelajak uchun mustahkam poydevor, ta`lim-tarbiyaning yaqqol namunasi ekanligini amalda ko‘rsatmoqda.

                                                           Nilufar CHORIYEVA,

                                                                         “Ilhom” ijodiy klubi a`zosi