Vatanimiz, xalqimiz kelajagiga befarq emasmiz

Yangilanayotgan Konstitutsiyada barchamiz uchun yorqin kelajagimiz mujassamdir. Qumqo‘rg‘on tumanidagi «Islomobod» mahallasida joylashgan 30-umumta’lim maktabida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati A. To‘laboyev, tuman Kengashi deputatlari Q. Chorshanbiyevlar ishtirokida «Yangilanayotgan Konstitutsiya- bizniki» shiori ostida tadbir o‘tkazildi.