G‘ALLA KOMBAYNLARI VA TEXNIKALAR KO‘RIGI

Aholining farovonligi, dasturxonlarining to‘kin-sochinligi non va non mahsulotlari yetarlicha bo‘lishi bilan bog‘liq. Bu g‘allakorlarning dalalarda g‘alla yetishtirishi bilan chambarchas tutashgan. Bu yil tumanimiz bo‘yicha 8539 gektarda g‘alla yetishtirildi. Aholiga to‘yimli mahsulotlarni yetkazib berish uchun ekinlar agrotexnika talablari asosida parvarishlandi. G‘allazorlardagi hosil pishib-yetilmoqda.

Hozir tumanda g‘alla o‘rim-yig‘im mavsumini uyushqoqlik va hosilni nes-nobud qilmasdan o‘tkazishga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Buning uchun 10 ta g‘alla otryadi tuzildi. Otryadlarga mutaxassislar, 21 ta kombayn, don tashuvchi avtomashinalar, texnik xizmat ko‘rsatish guruhlari, 10 ta dam olish uylari biriktirildi. Otryadlarni dalalar boshida issiq ovqat bilan ta`minlash maqsadida un, o‘simlik moyi, kartoshka, piyoz mahsulotlari berildi.

G‘alla o‘rim-yig‘im mavsumi oldidan kombaynlar va texnikalar ko‘rigi bo‘yicha seminar tashkil etildi. Barchaga hosilni sifatli o‘rib-yig‘ib, donlarni qabul maskanlariga yetkazib berish topshirildi.

                                                                           N. MUHAMMADIYEV