Hozir iste`molchilarning huquqlarini himoya qilish uchun qulay imkoniyat mavjud. Savdo do‘konidan mahsulot sotib olasizmi yoki xizmat ko‘rsatuvchi tadbirkor faoliyatidan ko‘nglingiz to‘lmaydimi tuman iste`molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlariga murojaat etishingiz mumkin. Tashkilot xodimlari istagingizni ro‘yobga chiqaradi.
Qumqo‘rg‘on tuman Ko‘ganli mahallasi Afrasiyob ko‘chasi 16-uyda yashovchi fuqaro Besh qahramon mahallasidagi YaTT Qosimov Jo‘raga qarashli urug‘lik do‘konidan 2022 yil 5 noyabrda 2 banka CARROT NANTES sabzi urug‘ini sotib oldi. Buning uchun 200000 so‘m to‘ladi. Ammo, unib chiqqan sabzining bir qismi sifatsizligi sababli gullab ketdi. Sifatsiz urug‘ tufayli moddiy zarar ko‘rgan fuqaro 2023 yil 12 mayda O‘zbekiston iste`molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasiga ishonch telefonidan murojaat qildi.
Tuman iste`molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatining xodimlari 2023 yil 15 maydagi 11-i/ch-sonli buyruq asosida holatni o‘rgandi. Urug‘lik do‘koni va fuqaroning xonadonida kerakli ma`lumotlarni to‘pladi. Do‘kon boshlig‘iga qonunning mazmun-mohiyati tushuntirildi. Xaridorga sifatsiz urug‘likni sotib olganida to‘lagan va qo‘shimch xarajatlari uchun 2000000 so‘m undirib berildi.
Hurmatli fuqarolar, agar siz faoliyatingizda huquqbuzarlik holatlariga duch kelsangiz iste`molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qiling. Biz sizga yordam beramiz.
B. BURIYEV,
Qumqo‘rg‘on tuman IHHQJ bosh hisobchisi
U. MARDANAQULOV,
Qumqo‘rg‘on tuman IHHQJ huquqiy himoya mutaxassisi