OIV VIRUSI –  VILOYATIMIZDAGI VAZIYAT QANDAY?

Butun jahonda millionlab insonlarning umriga zomin bo‘layotgan, ko‘plab oilalarning tinchligini buzayotgan va shu bilan birgalikda dunyodagi davlatlar iqtisodiga katta zarar yetkazayotgan OIV infeksiyasi o‘zining oqibatlari bilan insoniyatning eng dolzarb muammosi bo‘lib qolmoqda. Yer yuzida ushbu kasallik bilan yashayotgan odamlar soni 34 millionni tashkil etadi. Bir kunda taxminan 7 ming 400 nafar odam bu kasallikni yuqtirib olmoqda. Kasallik turli yoshdagi aholi orasida, ayniqsa, navqiron 20-49 yoshlilar o‘rtasida ko‘plab qayd etilishi xatarlidir.

Viloyatda 2022 yil davomida OIV infeksiyasi bo‘yicha epidemiologik vaziyatning 2021 yilga nisbatan keskinlashuvi kuzatildi. Jumladan: viloyat fuqarolari orasida OIV infeksiyasi bilan kasallanish holati 2021 yilga nisbatan  2022 yilda 22,5 foizga o‘sgan. Agar viloyatda 2021 yilda OIV infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 175 nafarni tashkil etgan bo‘lsa, 2022 yilda esa 226 nafar fuqarolar o‘zlariga OIV infeksiyasini yuqtirib olib yangitdan ro‘yxatga olingan. 2021 yilda viloyat bo‘yicha OIV infeksiyasi qayd etilgan 175 nafar bemorlardan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar 9 nafarni  yoki intensiv ko‘rsatgichi bo‘yicha 1,0  ni tashkil etgan bo‘lsa, 2022 yilda 226 nafar bemorlardan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar 9 nafarni tashkil etdi.

Viloyat bo‘yicha  2021 yil davomida  jami 23266 nafar chet davlatlardan qaytib kelgan mehnat migrantlari OIV infeksiyasiga tekshiruvlardan o‘tkazilgan bo‘lib, 20 nafar migrantlarda OIV infeksiyasi aniqlangan. 2022 yilda esa jami 43780 nafar chet davlatlardan qaytib kelgan mehnat migrantlari OIV infeksiyasiga tekshiruvlardan o‘tkazilgan bo‘lib, 29 nafar migrantlarda OIV infeksiyasi aniqlangan.

Halqimizda “Qush uyasida ko‘rganini qiladi”. “Olma tagiga olma tushadi”, “Katta arava qaerdan yursa, kichik arava shu erdan yuradi” kabi maqollar bor. Bu o‘gitlar ota-ona dastlabki tarbiyachi ekanligini anglatadi. Bu dunyoda bir-birimizga befarq bo‘lmaylik. Shunday ekan kelinglar bir yoqadan bosh chiqarib birgalikda  kurashaylik.

                                                                                                                      M. TASHMATOVA,

                                                                      Viloyat OITSga qarshi kurash markazi mutaxassisi