QUMQO‘RG‘ON TUMANI HOKIMINING

                       QARORI

2023 yil 28 mart        79-8-114-Q/23    Qumqo‘rg‘on tuman hokimligi

Tumandagi aholi punktlari ko‘chalari va xo‘jaliklararo  qishloq  avtomobil  yo‘llaridan  foydalanish  tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida

“Avtomobil yo‘llari to‘g‘risida”gi Qonunining 20-moddasi hamda “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 6 va 25-moddalariga asosan          

                        Q A R O R    Q I L A M A N:

1. Tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi va tuman obodonlashtirish boshqarmasi  bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan tumandagi aholi punktlari ko‘chalari va xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llaridan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. Tuman hokimining o‘rinbosari (J.Shapulatov), tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi (O‘.Xoliqov), tuman obodonlashtirish boshqarmasi (Sh.Xolmatov)  fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan hamkorlikda tuman hududidagi yo‘llarni saqlash, ta’mirlash hamda obodonlashtirish ishlarini tashkil etib borsinlar.

3. Mazkur qaror “Qumqo‘rg‘on sadosi” gazetasida rasman e’lon qilinsin va hokimlikning rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin, ushbu qaror rasman e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.

4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilishni tuman hokimining o‘rinbosari J.Shapulatov, tuman Yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi boshlig‘i O‘.Xoliqov va tuman Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Sh.Xolmatov zimmalariga yuklatilsin.

            Tuman hokimi                 A. Normamatov