SARHADLAR MUSTAHKAM – VATANIMIZ TINCH

Davlatimiz chegarasining tinchligi yurtdoshlarimizning osuda hayoti, unumli mehnati, farovon yashashi bilan chambarchas bog‘liq. Posbonlarimiz tun-u kun postlarida sergak turib ulug‘ ne`matimiz hisoblangan tinchligimizni qo‘riqlamoqda. DXX Chegara qo‘shinlariga qarashli Surxondaryo viloyatida joylashgan harbiy qismlardan birida huquqni muhofaza qiluvchi organlar va milliy gvardiya xodimlari ishtirokida salbiy holatlarni va  chegara buzilishlarning oldini olish va O‘zbekiston Respublikasi Davlat Chegarasi to‘g‘risidagi qonun  talablariga qat’iy rioya qilish yuzasidan profilaktik tadbirlar  o‘tkazildi. Chegarachilarimiz o‘z xizmat vazifalarini namunali tashkil etmoqda. O‘zlariga bildirilgan ishonchni ulug‘lab, har soniya hushyorlikni yo‘qotmay, postlarida sergak turibdi. Shunung uchun osmonimiz musaffo, Vatanimiz tinch, aholimiz xursand yashayapti.

Firdavs TO`RAYEV,

harbiy xizmatchi