Shifokor retseptisiz dorilarni sotgan dorixona xodimi qo’lga olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Termiz tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro S.F. jami 150 dona “Benzonal Benzobarbital 100 mg ” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini fuqaro X ga 60000 so‘mga noqonuniy sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Sudlanuvchi S.F 2024 yil 10 dekabr kuni soat 16:00 larda dorixonada mavjud bolgan dona Benzonal Benzobarbital 100 mg kuchli tasir qiluvchi moddalar royxatiga kiradigan dori vositasini retseptsiz sotish mumkin emasligini bilib turib sotgan. Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (tarkibida kuchli taʼsir qiluvchi moddalar mavjud bo‘lgan dori vositalarini retsept bo‘yicha chakana realizat yil siya qilish tartibini buzish) va 57-moddasini qollab bazaviy hisoblash miqdorining 25 (yigirma besh) baravari miqdorida,yani 9.375.000 (toqqiz million uch yuz yetmish besh ming)so`m jarima jazosi tayinlandi.

Biri 200.000, biri 500.000 ming so‘m evaziga: qo‘shmachi ayol ushlandi
2025 yil 16 yanvar kuni soat 23:43 da garazli va past niyatda qoshmachilik qilish va shu orqali moddiy naf korish maqsadida maxsus tadbir ishtirokchisi “X” ismli shaxs bilan jinsiy aloqa qilish uchun qiz topib berishga kelishgan. T.L ni jinsiy aloqa qilish 700.000 som pul mablagini olib ushbu pullardan 500.000 ming som ini J.I ga, qolgan 200.000 mimg somini oziga olgan vaqtida,IIB tomonidan otkazilgan tezkor tadbirda ushlandi.T.L ga Ozbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining 131-moddasi 4 qismi a bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilganlikda aybli deb topildi. Yashash xonadondan chiqishni cheklashdan iborat 2 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

Sevara Yuldasheva, Jinoyat ishlari boyicha Termiz shahar sudining sudyasi