Qonunchilikdagi yangiliklar

Hukumat qarori (88-son, 02.03.2026-y.) bilan “Xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarida o’qish istagidagi yoshlar va pedagog xodimlarga ta’lim kreditini ajratish tartibi to’g’risida”gi nizom tasdiqlandi.

🔰 Nizom Ta’lim kreditini moliyalashtirish jamg’armasi hisobidan imtiyozli ta’lim kreditini ajratish va ularni qaytarish tartibini belgilaydi.

📝 Nizomga ko’ra, ta’lim krediti quyida talablarga javob beradigan yoshlar (30 yoshdan oshmagan, shu jumladan, 30 yoshda bo’lgan) va pedagoglarga ajratiladi:

🔹 QS (Quacquarelli Symonds) yoki THE (The Times Higher Education) bo’yicha TOP-300 talikka kiritilgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlariga o’qishga qabul qilingan;

🔹 O’zbekiston fuqarolari bo’lgan.

💸 Kredit ularning bakalavriat hamda magistratura dasturlarida ta’lim olishlari uchun ajratiladi.

💰 Kredit 1 o’quv yili uchun 20 ming AQSH dollarigacha miqdordagi ekvivalentda milliy valyutada ajratiladi.

⏳ Kreditning asosiy qarzi talabaning rasmiy o’qish muddati tugagandan so’ng 7-oydan boshlab 7 yil davomida qaytariladi.

📑 Kredit oluvchi bankka murojaat qilishda quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

▫️ ariza;
▫️ shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi;
▫️ taklifnoma-xat (1-kurslar uchun);
▫️ akademik o’zlashtirish natijalari (2-kursdan boshlab);
▫️ to’lov-kontrakt asosida o’qish bo’yicha shartnoma hamda oliy ta’lim tashkilotining bank rekvizitlari ko’rsatilgan invoys;
▫️ birgalikda qarz oluvchilarning so’nggi 12 oylik daromadlari yuzasidan ma’lumot;
▫️ mehnat daftarchasidan ko’chirma (30 yoshdan oshgan pedagoglar uchun).

✅ Ta’lim krediti stavkasi Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida belgilanadi.

Quvondiq Ulug’ov,
Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi sho’ba boshlig’i