Lasetti va skuter o‘rtasida sodir bo‘lgan YTHda skuter haydovchisi vafot etdi

Qumqo`rg`on tumanidagi “Achomayli”mahallasi hududidan o`tuvchi ichki yo`lda Jarqo`rg`on – Qumqo`rg`on yo`nalishida Lasetti va Skuter o‘rtasida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida bir nafar haydovchi vafot etdi. Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 1 mart kuni soat 21:30 larda Sudlanuvchi R.O (ism familyasi o`zgartirilgan) o`zining boshqaruvidagi avtomashina bilan “Arslonboyli” mahallasidan o`tuvchi ichki avtomobil yo`lidan taxminan 91.3 km/ soat km| soat tezlik bilan harakatlanib kelayotgan vaqtida ,harakat yo`nalishi bo`yicha avtomashinadan oldinda 3 g`ildirakli elektroskuter harakatlanib ketayotganligini,uning bortida 6 nafar yo`lovchisi borligini ko`rganligini,ammo skuterni juda qisqa masofada ko`rganligi sababli avtomashinani xavfsiz yo`nalishga boshqarishga ulgura olmasdan skuterning chap orqa tomonidan avtomashinaning old o`ng Tomoni bilan urib yuborganligini, natijada skuter avtomobil yo`lida chiqib ketib ,uning Ichida bo`lgan haydovchisi va yo`lovchilari yerga yiqilib ketishganligi oqibatida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
YTH oqibatida skuter haydovchisi hamda olgan tan jarohatlari bilan vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan 3 (uch)yil muddatga barcha turdagi transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum qilib, 5 (besh) yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

A.Almardonov,
Surxondaryo viloyati prokuraturasi bo`lim boshlig`i

Sh.Xayitov,
Surxondaryo viloyati prokuraturasi bo`lim prokurori