Yoshlar istiqbolimiz poydevoridir

Navqiron avlod vakillari har bir davlatning kelajagini, salohiyatini belgilovchi muhim qatlam hisoblanadi. Bugungi kunda yoshlarning taʼlim olishi, kasb-hunar egallashi, yetuk insonlar boʻlib ulgʻayishi yoʻlida yurtimizda barcha shart-sharoitlar yaratib berilmoqda. Ularning orzu-maqsadlarini roʻyobga chiqarish, ilgʻor tashabbus va gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Shu bois, yurtimizda jamiyatning faol qatlami sifatida eʼtirof etiladigan yoshlarga yurt ravnaqini taʼminlovchi katta kuch, davlatning strategik resursi sifatida ishonch bildirilmoqda. Natijada yuksak bilimli, zamonaviy fikrlaydigan, qatʼiy pozitsiyaga ega yoshlar mamlakatning ertangi taraqqiyotida hal qiluvchi kuchga aylanib bormoqda. Yoshlarning bandligini taʼminlash, biznes loyihalarini amalga oshirish natijasida ularning turmush tarzi yaxshilanmoqda, istiqbolli tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlashga katta eʼtibor qaratilmoqda.Yangi Oʻzbekiston yoshlari kelajagimiz va istiqbolimiz poydevoridir. Bugungi kunda yurtimizda boʻlayotgan koʻplab islohotlar natijasi oʻlaroq hayotimiz kundan-kunga yaxshilanib bormoqda. Ayniqsa, oliy taʼlim sohasidagi islohotlar va imkoniyatlar yigit-qizlarning malakali mutaxassis boʻlib hayotga kirib kelishida muhim omil boʻlmoqda.Milliy tafakkur bu — oʻz yurtidagi har qanday ilm, olimning ishlanmalarini oʻrganishi, bilishiga asoslangan tizimni yarata oladigan tafakkurni nazarda tutsak, zamonaviy tafakkurda esa jahon standartlariga javob bera oladigan tizimni yaratish hamda uni anglashga qodir bilimga ega boʻlgan tizimni bildiradi. Shunday ekan, barchamiz Yangi Oʻzbekistonning yuksalishi uchun bir tan-u, bir jon boʻlib harakat qilaylik.

Esirganova Ra`no,

TerDU, folologiya va tillarni oqitish,ozbek tili talim yo`nalishi 4 bosqich 323 – guruh talabasi