Yoshlar hayotida kitobxonlikning o‘rni va ahamiyati

Bugungi glaballashuv davrida yoo‘larning ma’naviy va intelektual salohiyatini oshirish muhim masalalardan biri xisoblanadi. Jmiyat taroqqiyoti bilimli, fikirlovchi va dunyoqarashi keng yoshlar bilan chambarchas bog‘liq. Bunday fazilatlarni shakillantirishda kitob va mutolaning o‘rni beqiyosdir. Kitob insonni fikirlashiga, voqealarni tahlil qilishga va mustaqil xulosa chiqarishni o‘rgatadi. Shu sababli kitobxonlik masalasi bugungi kunda ham dolzarb mavzulardan biri bo‘lib qolmoqda.
Ushbu maqolaning maqsadi yoshlar hayotida kitobxonlikning tutgan o‘rni uning inson taffakuriga tasirihamda bugungi davrdagi ahamiyatini tahlil qilishdan iborat.
Asosiy qism.
Kitob insoniyat yaratgan eng buyuk ma’naviy boyliklardan biridir.U orqali inson tarix, madaniyatini, fan va hayot tajribalarini o‘rganadi. Mutolaa inson so‘z boyligini oshiradi, nutq madaniyatini rivojlantiradi va tafkkurini charxlaydi.
Badiiy asarlarinson qalbiga tasir qilib, unda ezgulik, vatanparvarlik, meh-oqibat kabi tuyg‘ularni shakillantiradi. Masalan, o‘zbek adobiyotidagi A. Qodtriy, O‘. Hoshimov, S. Ahmad kabi yozuvchilar asarlari milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalaydi.
Bugungi texnologiyalar rivojlangan davrda yoshlarning bo‘sh vaqtining katta qismi telefon va ijtimoiy tarmoqlarda o‘tmoqda. Bu esa ayrim hollarda kitob mutolasiga bo‘lgan qiziqishning kamayishiga sabab bo‘lmoqda. Shunga qaramay elektron kitoblar audiokitoblar va onlayn kutubxonalar kitobxonlikni yangi shakilda davom ettirish imkonini bermoqda.
Ta’lim muassasalarida kitobxonlikni targ‘ib qilish maqsadida turli tanlovlar, uchrashuvlar va manaviy tadbirlar tashkil qilinmoqda. Bu esa yoshlarning kitobga bo‘lgan qiziqishini oshirishga xizmat qiladi. Oila muhitining ham bunda o‘rni katta. Farzand kitob o‘qiydigan oilada ulg‘aysa unda xam mutolaga mehr shakillanadi.
Olimlarning fikricha, muntazam kitob o‘qish xotirani mustahkamlaydi, diqqatni jamlash qobilyatini oshiradi va ruhiy barqarorlikka ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli kitob nafaqat bilim manbai, balki inson ma’naviyatini boyituvchi muhim vosita hamdir.
Xulosa:
Xulosa qilib aytganda, kitobxonlik yoshlarning ma’naviy, axloqiy va intelektual rivojlanishida muhim o‘rin egallaydi. Kitob o‘qigan insonning dunyoqarashi keng bo‘ladi, fikirlashi rivojlanadi va haytga ongli munosabat shakillanadi. Shu bois yoshlar orasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va kitobga bo‘lgan qiziqishini oshirish jamiyatning muxim vazifalaridan biri hisoblanadi.

Mamarajapova Komila,

Termiz Davlat universiteti O‘zbek Filalogiyasi fakulteti 4-bosqich 222-guruh talabasi