Yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 68-modda Yer, yer osti boyliklari, suv, o‘simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy resurslar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir.
Yer qonunda nazarda tutilgan hamda undan oqilona foydalanishni va uni umummilliy boylik sifatida muhofaza qilishni ta’minlovchi shartlar asosida va tartibda xususiy mulk bo‘lishi mumkin. deb ko‘rsatilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 2291-moddasining 2-qismida Yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish, shu jumladan ushbu yer uchastkalariga nisbatan qonuniy huquqlari mavjud bo‘lmagan holda ulardan foydalanish, Sug‘oriladigan yer uchastkalarini ularda qurilish ishlarini amalga oshirgan holda o‘zboshimchalik bilan egallab olish, —bazaviy hisoblash miqdorining to‘rt yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Deb belgilangan bo‘lsada
Oltinsoylik A.Nabiev (shaxsi o‘zgarlirilgan) 2021 yil 16 avgustdagi O‘zbekiston Respublikasining “Yer uchastkalarini ajratish va ulardan foydalanish, shuningdek yerlarni hisobga olish va davlat yer kadastrini yuritish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi №708-sonli qonuni talablarini hamda 06.08.2021 yildagi O‘zbektiston Respublikasi Prezidentining “Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta’minlash, yerga bo‘lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 6243-sonli farmoni talablarini qo‘pol ravishda buzib, Oltinsoy tumani “Qorliq” mahallasi hududidagi “O‘ktam Ibragimov” fermer xo‘jaligiga qarashli, qishloq xo‘jaligi xaritasining 150-dala konturidagi sug‘oriladigan yer maydoning 10 sotix yer maydonida noqonuniy ravishda o‘zboshimchalik bilan noqonuniy egallab olib, 2025 yil fevral oyida o‘zboshimchalik bilan 6×3=18 m2 hajmli 1 xonali omborxona binosini qurib, davlat manfaatlariga 2.188.652 so‘m zarar yetkazilganligi aniqlangan.
Sudlanuvchi A.Nabiev sudda, o‘ziga quyilgan aybga iqrorlik bildirib, omborxona qilish maqsadida qilgan qurilishimni sug‘oriladigan yer maydoni ekanligini bilishini, ushbu omborxonani qurganligim jinoyat ekanligini bilmas edim. Qilgan ishimdan chin ko‘ngildan pushaymonligini, Suddan yengillik berishni so‘rashini deb bildirdi.
Sud tomonidan Sudlanuvchi A.Nabiev O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 2291-moddasining 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilganlikda aybdor deb topilib, Unga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 2291-moddasining 2-qismi bilan shu Kodeksning 57-moddasiga qo‘llanib ishlash yoki o‘qish vaqtidan, shuningdek ish yoki o‘qish joyigacha borishi va uy-joyiga qaytib kelishi uchun zarur bo‘lgan vaqtdan tashqari qolgan vaqtlarda Oltinsoy tumani, Qorliq mahallasidagi uyidan chiqishi cheklangan holda 2 (ikki) yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha
Qumqo‘rg‘on tuman sudining raisi B.Tagayev