Bahor – yilning eng go‘zal, eng quvonchli va eng iliq fasllaridan biridir. U qishning sovuq kunlaridan keyin kelib, tabiatni uyg‘otadi, hayotni yangilaydi va atrofni yashillikka burkaydi. Bahorda kunlar asta-sekin uzaya boshlaydi, quyosh nurlari yerga iliqlik va nur taratadi. Daraxtlar kurtak yozib, gullar ochiladi, tabiat rang-barang tus oladi. Bahor nafaqat tabiatga, balki insonlarga ham yangi kuch, yangi umid va ko‘tarinki kayfiyat baxsh etadi. Bu faslda turli bayramlar nishonlanadi, sayillar bo‘lib o‘tadi, bolalar tabiat qo‘ynida quvonch bilan o‘yin o‘ynashadi. Bahor barchaning qalbiga iliqlik olib keluvchi mo‘jizaviy fasldir.
Bahor bolalar uchun eng sevimli fasllardan biri. Chunki bu faslda havo iliq bo‘lgani uchun bolalar ochiq havoda ko‘proq o‘yin o‘ynashadi.
Bahorda bolalar milliy va harakatli o‘yinlarni o‘ynashadi. «Oq terakmi, ko‘k terak», “Top-to’p”, «Arqon tortish», «Besh tosh» kabi milliy o‘yinlar bolalar orasida mashhur.
Bundan tashqari, bahorda futbol, badminton, velosiped haydash, sakrash o‘yinlari, varrak uchirish kabi mashg‘ulotlar ham bolalarga katta zavq beradi. Ular tabiat qo‘ynida yurib, yangi kuch-quvvat oladilar.
Bahorda kattalar ham shaxmat, shashka, kamondan o‘q otish, tosh otish kabi o‘yinlar bilan dam olishadi. Bu o‘yinlar insonlarning jismonan chiniqishiga yordam beradi va ularga tetiklik bag‘ishlaydi. Bahorda barcha quvonchga to‘lib yashaydi. Bolalar ham, kattalar ham ochiq havoda bo‘lishdan zavqlanadi. Bahor – barchaga sog‘liq,quvonch va baxt ulashuvchi fasldir.
Bahor – tabiatning eng go‘zal va eng mo‘jizaviy fasli. U qishning sovuq kunlaridan keyin kelib, atrofga hayot baxsh etadi. Bahorda havo iliqlashadi, daraxtlar yashillikka burkanadi, gullar ochiladi, qushlar sayray boshlaydi. Bahor nafaqat tabiatga, balki insonlar hayotiga ham yangi umid va zavq ulashadi.
Arzamova Muhlisa,
talaba