Quyidagilar mazkur Farmonning asosiy maqsadlari etib belgilangan bular:
(a) Nikoh yoshiga yetmagan shaxs bilan haqiqatda nikoh munosabatlariga kirishish holatlarining (erta nikoh) oldini olishga erishish, ota-onalarning oʻz voyaga yetmagan farzandlari uchun masʼuliyatini yanada oshirish;
(b) Moliyaviy mustaqillikka erishgan va oila qurishga har tomonlama tayyor boʻlgan yoshlar oʻrtasida nikoh tuzishni ragʻbatlantirish;
(v) Ayollar va bolalarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlik holatlarining oldini olish tizimini takomillashtirish orqali ularning sonini keskin qisqartirish, shuningdek, bunday holatga uchragan shaxslarni qoʻllab-quvvatlash tizimini joriy etish;
(g) Oila va xotin-qizlar maskanlarida nikohlanuvchilarni “maishiy zoʻravonliksiz baxtli oilaviy hayotga tayyorlash” maxsus kurslarida bepul oʻqitish bilan qamrab olish darajasini 2026-yilda 50 foizga, 2027-yilda 60 foizga va 2030-yilda 100 foizga yetkazish hamda ushbu kurslar sifati va taʼsirchanligini tubdan oshirish asosiy maqsadlardan biridir.
Jinoyat ishlari bo’yicha Bandixon tuman sudi raisi Karimov Otabek Jo’rayevich