Ona tabiat yaratgan tomonidan in’om etilgan buyuk ne’mat!

Ona tabiat yaratgan tomonidan in’om etilgan buyuk ne’mat, shu sababli biz uni asrab-avaylashimiz kerak.

Tabiatni asrash, unga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish haqida qonunchilikda ham bir qator normalar keltirilgan.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining VIII bobi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlikka bag‘ishlangan.

Misol uchun, MJtKning 79-moddasida daraxtlarni, butalarni, boshqa o‘simliklarni va nihollarni qonunga xilof ravishda kesish, kundakov qilish, shikastlantirish, yo‘q qilish yoki boshqa joyga ko‘chirib o‘tkazish, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – ellik baravaridan yetmish besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

O‘z hududida binolarni, inshootlarni yoki boshqa ob’ektlarni qurish, rekonstruksiya qilish chog‘ida belgilangan talablarni buzib, kimyoviy, biologik vositalarni qo‘llagan holda daraxtlarni, butalarni yoki boshqa o‘simliklarni qasddan shikastlantirish, payhon qilish yoki yo‘q qilish,fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘ttiz besh baravaridan ellik baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa oltmish baravaridan yetmish besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi deb ko‘rsatilan.

Bundan tashqari, MJtKning 88-moddasida Qurilish ishlarini va boshqa ishlarni bajarish chog‘ida yonilg‘i moddalarni va qurilish materiallarini bir joyga to‘plashda, ushbu moddalar va materiallarni, shuningdek yoqilg‘i hisoblanmaydigan materiallarni yoqishda atmosfera havosini muhofaza qilish talablariga rioya etmaslik, maxsus texnik qurilmalarni qo‘llamasdan bitumni eritish – fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uchdan bir qismidan bir baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Xuddi shunday huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilgandan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Dala va aholi punktlarida ang‘iz, xazon va shox-shabbalarni yoki o‘simliklarning boshqa qoldiqlarini yoqib yuborish, atmosfera havosini zararli moddalar bilan ifloslantirishga olib kelsa,fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa  besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘lishi alohida ta’kidlab o‘tildi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha

Qumqo‘rg‘on tuman sudining raisi                                   B.B.Tagayev