2023-yil 30-aprelda oʻtkazilgan referendumda umumxalq ovoz berish orqali Oʻzbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi qabul qilinganligi Yangi Oʻzbekistonni barpo etishning konstitutsiyaviy asoslarini mustahkamlashga xizmat qildi.
Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga muvofiq oʻtkazilgan prezidentlik saylovi yana bir bor jamiyatimizning siyosiy yetukligi, Yangi Oʻzbekistonni barpo etish yoʻlida amalga oshirilayotgan islohotlarni xalqimiz toʻliq qoʻllab-quvvatlaganidan dalolat bermoqda.
Shu bilan birga, yangilangan konstitutsiyaviy-huquqiy sharoitlarda mamlakatimiz taraqqiyotining asosiy yoʻnalishlarini takomillashtirish va amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlarni yangi bosqichga olib chiqish talab etilmoqda.
Xalqimizning erkin va farovon, qudratli Yangi Oʻzbekistonni barpo etish boʻyicha xohish-irodasini roʻyobga chiqarish, har bir fuqaroga oʻz salohiyatini rivojlantirish uchun barcha imkoniyatlarni yaratish, sogʻlom, bilimli va maʼnaviy barkamol avlodni tarbiyalash, global ishlab chiqarishning muhim boʻgʻiniga aylangan kuchli iqtisodiyotni shakllantirish, adolat, qonun ustuvorligi, xavfsizlik va barqarorlikni kafolatli taʼminlash maqsadida Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasini amalga oshirish jarayonida orttirilgan tajriba va jamoatchilik muhokamasi natijalari asosida ishlab chiqilgan “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi Qabul qilindi.
“Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi 5 ta yoo‘nalish va 100 ta maqsadni o‘z ichiga oladi
Ushbu strategiyasining IV-yo‘nalishi “qonun ustuvorligini taʼminlash, xalq xizmatidagi davlat boshqaruvini tashkil etish” deb belgilangan.
Mazkur strategiyasining 84-maqsadi “Konstitutsiya va qonunlarning ustuvorligini taʼminlash, inson huquq va erkinliklarining ishonchli himoya qilinishini taʼminlashni sud-huquq islohotlarining bosh mezoniga aylantirish.” Deb belgilangan.
Ushbu maqsad: Aholi punktlarida ikki va undan ortiq polosali tartibga solinmagan piyodalar oʻtish yoʻlaklarini (tugmali) svetoforlar bilan toʻliq jihozlash.
Ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlash amaliyotini 30 foizdan 20 foizga tushirish.
Sudlar hamda tergov organlari faoliyatida ayrim protsessual harakatlarni masofadan turib amalga oshirish imkoniyatlarini kamida 2 barobarga oshirish kabi kichik maqsadlarni o‘z ichiga oladi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha
Qumqo‘rg‘on tuman sudining raisi B.Tagayev