Oila millatning ma’naviy poydevori, farzandlarning sog‘lom voyaga yetishi uchun muhim qo‘rg‘ondir. Shuning uchun ham azaldan xalqimiz oilani muqaddas bilib, tarbiyaning eng muhim maskani sifatida qadrlagan. Ammo bugungi globallashuv sharoitida oilalarda ham turli muammo va o‘zgarishlar yuzaga kelmoqda.
Xususan Qumqo‘rg‘onlik 1991 yil 28 mayda tug‘ilgan Aliev Vali Dalievich (Shaxsi o‘zgartirilgan) 2025 yil 13 aprel kuni soat 18:30 larda Qumqo‘rg‘on tumani, “Bog‘aro” mahallasida joylashgan o‘zining yashash xonadonida turmush o‘rtog‘i Jumaeva Malika Bazarovna (shaxsi o‘zgartirilgan) bilan oilaviy masalada o‘zaro tortishib qolib, urib sog‘liqning qisqa muddatga yomonlashuviga uncha uzoq bo‘lmagan muddatga yo‘qolishiga olib kelmagan qasddan badanga yengil shikast yetkazgan.
Sudda so‘ralgan huquqbuzar Aliev Vali Dalievich aybiga iqrorlik bildirib, qilmishidan pushaymon bo‘lib, 2025 yil 13 aprel kuni soat 18:30 larda Qumqo‘rg‘on tumani, “Bog‘aro” mahallasida joylashgan o‘zining yashash xonadonida turmush o‘rtog‘i Jumaeva Malika Bazarovna bilan oilaviy masalalarda o‘zaro tortishib qolganliklari, ushbu janjal davomida turmush o‘rtog‘ini urib tan jarohati yetkazganligi, qilmishidan pushaymonligi, bir necha bor turmush o‘rtog‘idan kechirim so‘rab borganligi, lekin u yarashishni hoxlamayotganligi, uyiga olib ketishni aytganida ko‘nmayotganligi, turmush o‘rtog‘i bilan yarashishi ajrashmasligini, undan kechirim so‘rashi, turmush o‘rtog‘ini uyiga olib ketishini, qonuniy yengillik berishni so‘radi.
Sudda so‘ralgan jabrlanuvchi Jumaeva Malika Bazarovna 2025 yil 13 aprel kuni soat 18:30 larda Qumqo‘rg‘on tumani, “Bog‘aro” mahallasida joylashgan o‘zining yashash xonadonida turmush o‘rtog‘i Aliev Vali Dalievich bilan oilaviy masalalarda o‘zaro tortishib qolganliklari, ushbu janjal davomida uni haqoratlab urganligi, keyin turmush o‘rtog‘iga yashamasligini aytib ota-onasinikiga ketishni aytganligi, tan jarohati olganligi, unga nisbatan da’vosi borligi, bu holat bir necha bor takrorlanganligi, shu sababli turmush o‘rtog‘iga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘radi.
Natijada sud, Aliev Vali Dalievichni O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 592-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb opilib, Unga O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 592-moddasi 2-qismi bilan MJtKning 33-moddasini qo‘llab, bazaviy hisoblash miqdorining 2 (ikki) baravari miqdorida, jazosi tayinladi.
Oilani -muqaddas, uni asrab avaylash eng muhim vazifalardan biridir.
Jinoyat ishlari bo‘yicha
Qumqo‘rg‘on tuman sudining
tergov sudyasi M.O‘roqov