Yangi O‘zbekistonda yangi imkoniyatlar eshigi keng ochilmoqda, xususan, ayollarni jamiyatda muhim o‘rin egallab borishi, gender tengligini keng joriy etilishi boshqalar. Qolaversa, oila millatning ma’naviy poydevori, farzandlarning sog‘lom voyaga yetishi uchun muhim qo‘rg‘ondir. Shuning uchun ham azaldan xalqimiz oilani muqaddas bilib, tarbiyaning eng muhim maskani sifatida qadrlagan. Ammo bugungi sharoitida oilalarda ham turli muammo va o‘zgarishlar yuzaga kelmoqda.
Xususan Qumqo‘rg‘onlik 1995 yil 24 noyabrda tug‘ilgan, Ch. P (shaxsi o‘zgarlirilgan) 2025 yil 19 mart kuni soat 00:30larda Qumqo‘rg‘on tumani, “Elobod” mahallasida yashash uyida turmush o‘rtog‘i B. J bilan oilaviy masalada o‘zaro tortishib qolib, qo‘pol so‘zlar bilan haqorat qilib, urib sog‘liqning qisqa muddatga yomonlashuviga uncha uzoq bo‘lmagan muddatga yo‘qolishiga olib kelmagan qasddan badanga yengil shikast yetkazgan.
Sudda so‘ralgan huquqbuzar Ch. P aybiga iqrorlik bildirib, pushaymon bo‘lib, 2025 yil 19 mart kuni soat 00:30larda Qumqo‘rg‘on tumani, “Elobod” mahallasida yashash uyida turmush o‘rtog‘i B. J bilan o‘zaro janjallashib qolganliklari, ushbu janjal davomida turmush o‘rtog‘ini urib tan jarohati yetkazganligi, qilmishidan pushaymonligi, turmush o‘rtog‘i bilan yarashishi, undan kechirim so‘rashi, turmush o‘rtog‘ini uyiga olib ketishini aytib, suddan qonuniy yengillik berishni so‘radi.
Sudda so‘ralgan jabrlanuvchi B.J 2025 yil 19 mart kuni soat 00:30larda Qumqo‘rg‘on tumani, “Elobod” mahallasida yashash uyida turmush o‘rtog‘i Ch. P. bilan o‘zaro kelishaolmaganligi sababli janjallashib qolganliklari, turmush o‘rtog‘i uni urganligi, turmush o‘rtog‘i bilan yarashmasligi, unga nisbatan da’vosi borligi, bu holat bir necha bor takrorlanganligi, shu sababli turmush o‘rtog‘iga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘radi.
Natijada sud, Ch. P O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 592-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb opilib, Unga O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 592-moddasi 2-qismi bilan MJtKning 33-moddasini qo‘llab, bazaviy hisoblash miqdorining 2 (ikki) baravari miqdorida, jazosi tayinladi.
Oila millatning ma’naviy poydevori, farzandlarning sog‘lom voyaga yetishi uchun muhim qo‘rg‘ondir. Shuning uchun ham azaldan xalqimiz oilani muqaddas bilib, tarbiyaning eng muhim maskani sifatida qadrlagan, uni asrab avaylash eng muhim vazifalardan biridir.
Jinoyat ishlari bo‘yicha
Qumqo‘rg‘on tuman sudining raisi B.Tagayev