Davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga murosasiz munosabat shakllantirilishidan xabaringiz bormi?

Davlat organlari va tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalari mustaqilligini ta’minlash hamda faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ-147-son, 21.04.2025 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, davlat organlari va tashkilotlaridagi korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalarining ustuvor vazifalari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:

korrupsiya holatlarini barvaqt aniqlash va ularning oldini olish, ularga imkon beruvchi sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish;

davlat xizmatlarini ko‘rsatishda korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish, maishiy korrupsiyaning oldini olish, shu jumladan, raqamlashtirish, byurokratiyani qisqartirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;

Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalari o‘z faoliyatida bevosita tashkilotning birinchi rahbariga bo‘ysunadi va uning oldida hisobdor bo‘ladi.

Bandixon tumani adliya  bo‘limi

boshlig‘i V.Nazarov