Yo‘l harakati qoidalariga amal qiling!

Hammamizga ma’lumki,  O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining  133-moddasida Transport vositalari haydovchilarining yo‘l harakati qoidalarini buzishi jabrlanuvchiga yengil tan jarohati yoki ancha miqdorda moddiy zarar yetkazilishiga olib kelsa, bundan jabrlanuvchiga yengil tan jarohati yetkazilishiga olib kelmagan yo‘l-transport hodisasi sodir etilganda yo‘l-transport hodisasida ishtirok etgan haydovchilar tomonidan yo‘l-transport hodisasi to‘g‘risida xabarnoma tuzilgan hollar mustasno — bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki transport vositalarini boshqarish huquqidan bir yildan uch yilgacha muddatga mahrum etishga sabab bo‘ladi.  Ancha miqdordagi moddiy zarar deganda, bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdoridan oshib ketgan zarar tushuniladi.

Xuddi shu kodeksning 134-modda. Transport vositalari haydovchilarining yo‘l harakati qoidalarini buzishi transport vositalari, yo‘l harakatini tartibga soluvchi vositalar yoki boshqa mol-mulk shikastlanishiga olib kelsa, lekin ancha miqdorda moddiy zarar yetkazmasa, bundan yo‘l harakatini tartibga soluvchi vositalar yoki boshqa mol-mulk shikastlanishiga olib kelmagan yo‘l-transport hodisasi sodir etilganda yo‘l-transport hodisasida ishtirok etgan haydovchilar tomonidan yo‘l-transport hodisasi to‘g‘risida xabarnoma tuzilgan hollar mustasno — bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan to‘rt baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki transport vositasini boshqarish huquqidan olti oydan bir yilgacha muddatga mahrum etishga sabab bo‘ladi.

Bundan tashqari,  O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning
266-moddasida, transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilangan bo‘lib, mazkur qonunga ko‘ra, shaxs transport vositasini boshqaruvchi shaxs tomonidan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish badanga o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir shikast yetkazilishiga sabab bo‘lsa, uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilib, bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan; o‘sha qilmish odam o‘lishiga sabab bo‘lsa, muayyan huquqdan mahrum qilib, yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan; o‘sha qilmish: odamlar o‘limiga; halokatga; boshqa og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, muayyan huquqdan mahrum qilib, o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi belgilangan.

Shunday ekan azizlar!  transport vositalari boshqarishda yo‘l harakati qoydalariga amal qilishingizni so‘rab qolamiz.

B.Tagayev,

Jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudining raisi