Aholi punkitlari (qishloq) nega bunday nomlangan?

Ovzikent qishlog‘i – Ovzikent-ovziken-og‘zikeng. Tebat  mahallasida joylashgan.Tashlandiq holda bo‘lgani uchun og‘zi nurab qolgan, ichida suvi bo‘lgan quduq yonidagi qishloq.

Egriqoq* –“Qoq”- cho‘llarda, taqir yerlarda yer ustidagi suvlar to‘planadigan joy. Ko‘pincha suv kam bug‘lanishi uchun usti g‘isht bilan yopilib, suvi yerga singib ketmasligi uchun ba’zilarining tagiga g‘isht yotqizilgan bo‘ladi. Adabiy tilda sardoba. Egriqoq – qiyshiq, egri qurilgan sardoba  yonidagi qishloq. Ko‘ganli mahallasi hududidagi aholi punkti nomi.

Lupang *– Lupang-lopang-lapang – shevada bahaybat, katta. Katta, hududi keng qishloq. Ko‘ganli mahallasi hududidagi qishloq.

Maxat* – Qumqo‘rg‘on tumani Ketmon qishloq fuqarolar yig‘ini Mahat aholi punkti nomi hisoblanadi. Mahat aholi punkti joylashuv jihatidan Oltinsoy tumani va Boysun tumani bilan chegaradosh hududda joylashganligi, ushbu hududlardan  yog‘ingarchilik mavsumlarida sel suvlari keladigan sel tashlamalari ko‘p hisoblanadi. Mahat nomining kelib chiqishi ham ushbu  sel tashlamalari bilan bog‘liqdir. Hozirgidek telefon va internetlar rivojlanmagan vaqtlarda aholi telegraf (xat) lar orqali aloqa almashishgan aholi yashaydigan (maxat) qishlog‘ini doimiy sel suvlari ajratib turgaligi, o‘tish ko‘priklari yo‘qligi yoki masofa uzoq bo‘lganligi sababli aholiga xatlar toshlarga bog‘lanib selning narigi tarafiga otilgan. Xalq og‘zida ushbu hudud ma xat, maxat nomi bilan atalib kelingan. Ushbu hudud tumanning Ko‘ganli mahallasidagi aholi punkti hisoblanadi.

Qoychili  –  etnonim. Qoychili, Qaychili. Qo‘ng‘irot, Kenagaslarning qaychili (tamg‘asi qaychiga o‘xshash) urug‘i mavjud. Etnonim toponimga o‘tgan. Qumq‘o‘rg‘on tumani Arpapoya mahallasida joylashgan, Qaychili urug‘i jamoasining qishlog‘i . Qishloqqa olib boruvchi ko‘cha ham shu nomni olgan.

                                                                                                   Shaxboz BOBONAZAROV,

                                                                                            tuman hokimi maslahatchisi