INSONLAR HAYOTI VA MULKLARI ISHONCHLIQO‘RIQLANMOQDA

Surxondaryo viloyati Milliy gvardiyasi Qumqo‘rg‘on tumani qo‘riqlash bo‘limimiz xodimlari jamoat tartibini saqlash va xonadonlarni qo‘riqlash bilan shug‘ullanayapti. Biz qo‘riqlayotgan obyektlar soni oshdi. Hozir tumandagi barcha umumta`lim maktablarini qamrab oldik. Hozir 86 ta maktab, 20 ta maktabgacha ta`lim tashkiloti, 156 ta xonadon, jami 217 ta davlat va fuqarolarning obyektlarini qo‘riqlayapmiz. Qo‘riqlash bo‘limi xodimlari maktablar, bog‘chalar, bozor, do‘konlar, tashkilotlar va korxonalarda navbatchilik asosida xizmat vazifalarini o‘tayapti. Shu jumladan, bu obyektlarga signalizatsiya vositalari, “tashvish” tugmlari o‘rnatilgan bo‘lib, markazlashgan holda nazorat qilinayapti.

Agar fuqarolar bizning xizmat turimizdan foydalanib, insonlar hayoti, xonadonlarning xavfsizligi, mulklarini qo‘riqlamoqchi bo‘lsa tuman Milliy gvardiya bo‘limiga murojjat qilishlari mumkin.

Telefonimiz: 995015132. Kunning 24 soati mobaynida murojaatlaringizni qabul qilamiz.

                                                                                                                                            N. PANJIYEV,

         Surxondaryo viloyati Milliy gvardiyasi Qumqo‘rg‘on tumani qo‘riqlash bo‘limi xodimi, katta leytenant