Haftaning har chorshanbasi -Temir yo‘llarda xavfsiz kun

Transportda Xavfsizlikni ta`minlash Bosh Boshqarmasi boshlig‘ining hamda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisining temir yo‘l infratuzilmalarida xavfsizlikni ta`minlash, jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish maqsadida joylardagi Transportda xavfsizlikni ta`minlash boshqarmalari va Mintaqaviy temir yo‘l uzellari bilan hamkorlikda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan profilaktik tadbirlar rejasi ijro etilayapti. Haftaning har chorshanba kunlari “Temir yo‘llarda xavfsiz kun” profilaktik tadbiri etib belgilangan. Shu munosabati bilan Temir yo‘l transportida harakat tarkiblari va ishtirokchilari bilan bog‘liq baxtsiz hodisalar sodir etilishining barvaqt oldini olish, jamoat xavfsizligini hamda yo‘lovchi va yuk poyezdlarining xavfsiz harakatlarini ta’minlash, Transport obyektlarini “jinoyat va huquqbuzarliklardan xoli hududga aylantirishdan” iborat. Ushbu profilaktik tadbir jarayonida asosiy e`tibor temir yo‘l yoqasida joylashgan aholi punktlari, mahalla fuqarolar yig‘inlarida temir yo‘l izlari yaqinida yashovchi fuqarolar hamda temir yo‘l izlari yaqinida joylashgan ta’lim muassasalaridagi o‘quvchilar o‘rtasida davra suhbatlari o‘tkazilmoqda. Bunday samarali tadbirlarga mahalla faollarini, ota-onalarni, shuningdek tuman va shahar ichki ishlar idoralari xodimlarini bevosita jalb qilgan holda tashkil etishga e`tibor qaratilayapti. Bu tadbirlarda qo‘riqlanadigan temir yo‘l kesishmalarida avtomobil bilan poyezdlar to‘qnashuvining oldini olish va fuqarolar temir yo‘l izlarida qulog‘iga quloqchin taqib yurishi, poyezdlarni maqsadsiz to‘xtatishlari, maktab o‘quvchilari, fuqarolar tomonidan temir yo‘l izlariga toshlar, turli xil jismlarni qo‘yishi, yo‘lovchi poyezdlar vagonlarining oynalarini toshlar bilan urib sindirish, bu poyezdlar harakatiga xalal berishi, buning oqibatida turli xil ko‘rinishdagi sodir bo‘layotgan baxtsiz hodisalarning oldini olish tushuntirilayapti. Maktablar, mahallalar va fuqarolar gavjum bo‘ladigan joylarda profilaktik ishlar olib borilayotgani o‘z natijalarini ko‘rsatmoqda.

                                                                            B. VAITOV,

                          Transporta XTB XPG katta inspektori, mayor

                                                                U. ABDUMURADOV,

                         Transporta XTB XPG katta inspektori, kapitan

                                                                   E. XAQBERDIYEV,

                         Transporta XTB XPG katta inspektori, kapitan