Maqsad – aholiga yanada qulaylik yaratish

Mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar, avvalo, inson manfaati, uning turmush farovonligini oshirishga qaratilgan. Davlatimiz rahbarining «Xalq davlat idoralariga emas, balki davlat organlari xalqimizga xizmat qilishi kerak» degan purma`no da`vatlari bu boradagi ishlarni yangi bosqichga olib chiqishda muhim qadam bo‘ldi.

Mazkur jarayonda aholini tabiiy va suyultirilgan gaz bilan uzluksiz ta’minlashga alohida e’tibor berilish oldimizdagi birinchi masalalardan biridir.

Joriy yilda “Hududgaz Surxondaryo” gaz ta’minoti filiali tomonidan 5,5 km gaz quvurlarini rekonstruksiya qilish, 10 dona gaz taqsimlash qurilmalarining mukammal ta’miri rejalashtirilgan. Shuningdek, mavjud 2125 dona gaz taqsimlash qurilmalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish rejalashtirilgan bo‘lib, shu kunga qadar 2125 dona GTQlarda texnik ko‘rik va ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.

Filial tasarrufidagi 70,26 km gaz quvurlarini bosim ostida sinash va havo bosimi yordamida tozalash ishlari rejalashtirilgan bo‘lib, hozirgacha 70,26 km quvurlar sinaldi va tozalandi. 70,26 km gaz quvurlarini yer osti gaz quvurlarini holatini asboblar yordamida tekshirish rejalashtirilgan va shu kungacha 70,26 km gaz yer osti gaz quvurlarining holati tekshirildi. 220 km uzunlikdagi gaz quvurlarini bo‘yoqlash ishlari rejalashtirilgan bo‘lib, chilangarlar tomonidan 233,3 km qismi bo‘yoqlanib bo‘lindi. Bajarilgan ishlar natijasiga ko‘ra esa, 30 ta MFY o‘ramidagi 13 mingdan ortiq aholi xonadonlaridagi tabiiy gaz ta’minoti yanada yaxshilanadigan bo‘ldi.

Yuqorida aytib o‘tilgan kuz-qish mavsumiga doir reja-topshiriqlarning barchasi 2022-2023-2024-yillar kuz-qish mavsumi boshlangunga qadar to‘liq nihoyasiga yetkazilishini va bu masala “Hududgaz Surxondaryo” gaz ta’minoti filiali tomonidan doimiy nazoratga olingan.

Kelgusi qish mavsumiga o‘z vaqtida va puxta tayyorgarlik ko‘rish gaz ta’minoti tizimining barqaror ishlashi va iste’molchilarga tabiiy gazni uzluksiz yetkazib berish kafolatidir. Amalga oshirilayotgan bu kabi ishlar xalqimiz hayot sifati hamda farovonligini ta’minlashga xizmat qiladi.

“Hududgaz Surxondaryo” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati