TUMANDOSHIMIZ XALQARO IJODKORLARUYUSHMASIGA A`ZO BO‘lDI

Xalqaro adabiyot, san`at, madaniyat va ijtimoiy fanlar Akademiyasi, Butunjahon xalq ijodkorlari uyushmasi faoliyat ko‘rsatib, kun sayin keng quloch yozmoqda. Bu xalqaro ijodiy uyushmaga iste`dodli ijodkor  Abdulla Vaxsh raislik qilayapti. Ko‘plab qalam ahli shu uyushmaga a`zo bo‘lib, uning atrofida birlashmoqda.

 Qumqo‘rg‘on tumani hokimligida shu tashlilotning tantanali tadbiri bo‘lib o‘tdi. Uyushma raisi o‘rinbosari, shoir va jurnalist To‘ramurod Rahmon tantanali marosimni kirish so‘zi bilan boshladi. Qumqo‘rg‘onlik iste’dodli adib  Jumanazar Anorovning hayot yo‘li va boy adabiyoti xususida atroflicha so‘zlab berdi. Shundan so‘ng umrini  ijodga bag‘ishlagan, badiiy asarlar muallifi, “Janub posboni”  gazetasi bosh muharriri J. Anorovga uyushmaning a`zolik guvohnomasi va diplomi, sovg‘alarni tantanali ravishda topshirildi. Jurnalist J. Anorov o‘z navbatida uyushma  rahbariyatiga, tuman hokimiga bunday e`tibor va e`tirof uchun tashakkurini aytdi. O‘z ijodidan namunalarni o‘qib berdi.

                                                      O‘z muxbirimiz