Najot-ta`limda, najot-tarbiyada, najot-bilimda

Tuman hokim Anvar Normamatov, sektor rahbarlari va  umumiy o‘rta ta`lim maktablari direktorlari ishtirokida  uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda umumta`lim maktablarida ta`lim-tarbiya tizimini yanada rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar xususida suhbat olib borildi.

Xususan, maktablarda o‘quvchilarning darsga qatnashish holati, ma`naviy-ma`rifiy ishlar samaradorligi, o‘quvchilar o‘rtasida jinoyatchilikni oldini olish hamda o‘quvchilarning bilim darajalarini oshirish masalalari muhokama qilindi.