2023 yil 3 – noyabr VI-67-125-8-114-K/23 Qumqo‘rg‘on tuman hokimligi
Xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tumani Kengashida bo‘shab qolgan 3-Bobotog‘, 8-Guliston, 17-Janubiy Surxon, 20-Yangiobod, 23-Munchoqtepa hamda 25-Oqqapchig‘ay saylov okruglariga saylov o‘tkazish kunini belgilash to‘g‘risida.
O‘zbekiston Respublikasining “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to‘g‘risida”gi Qonunining 44-moddasi hamda O‘zbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunining 24-moddasiga muvofiq, Xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tumani Kengashi
QAROR QILADI:
1. Xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tumani Kengashiga saylov o‘tkazuvchi 3-Bobotog‘, 8-Guliston, 17-Janubiy Surxon, 20-Yangiobod, 23-Munchoqtepa hamda 25-Oqqapchig‘ay saylov okruglari bo‘yicha bo‘shab qolgan o‘ringa deputatlik saylovi 2023-yil 3-dekabr yakshanba kuniga tayinlansin.
2.Tuman hokimining birinchi o‘rinbosari (Sh.Poyanov), tuman hokimining tashkiliy-kadrlar guruhi rahbari (Yo.Mengliboyev) hamda tuman moliya bo‘limi (I.Jalilov)larga:
-bo‘shab qolgan o‘ringa saylovni tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq barcha tadbirlarning bajarilishini ta’minlash hamda saylovni o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni qoplash vazifasi topshirilsin.
3. Xalq deputatlari tuman Kengashiga saylov o‘tkazuvchi tuman saylov komissiyasi (O‘.Xoliqov)ga bo‘shab qolgan o‘rinlarga yangi deputat saylovini o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy-texnik tadbirlar ishlab chiqish va saylovlarni Saylov kodeksi talablari asosida o‘tkazilishini ta’minlash yuklatilsin.
4. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining Reglament va deputatlik odobi masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi (Sh.Abdusamatov) zimmasiga yuklatilsin.
5. Ushbu qaror qabul qilingan kundan kuchga kiradi.
Kengash raisi A. Normamatov