Ichki yo‘llar ravonlashmoqda

Bugungi kunda yurtimizdagi chekka-chekka qishloqlarda ham ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish borasida ko‘plab amaliy ishlar amalga oshirilmoqda.

Shular qatorida shahar, qishloq va ovullarning ichki xo‘jalik yo‘llarini kapital va joriy ta’mirlash bo‘yicha Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining 2023-yil 17-iyundagi “Surxondaryo viloyatidagi mahallalarda birinchi navbatda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar dasturi doirasida mahalla infratuzilmasini rivojlantirish hamda ijtimoiy soha obyektlarini qurish-ta’mirlash ishlari olib boriladigan obyektlar ro‘yxati va ularda amalga oshiriladigan qurilish-ta’mirlash ishlari to‘g‘risida”gi VI-74-107-8-0-K/23-sonli qaroriga asosan ishlar amalga oshirilmoqda.

Qumqo‘rg‘on tumani “Besh qahramon” mahallasining “Dilnavo”, “Dilnavo-1” “Dilnavo-2”, “Dilnavo-3”, “Alisher Navoiy”, “Baxrulnajot”, “Oqsoy-1”, “Oqsoy-2”, “Oqsoy-3”, “Gulg‘uncha” ko‘chalarida 4 km dan ortiq masofasida asfalt-beton qoplamasi yotqizish ishlari amalga oshirildi.