Mamlakatimizning har jixatdan rivojlanishida, baland-baland binolarning qurilishi, insonlarning extiyojlari, ilgariga qaraganda ko‘pyib borayotganligi, fuqarolarimizning qurilish ishlarini olib borish jarayonida yong‘in xavfsizligi talablariga amal qilmaganliklari oqibatida joylarda yong‘inlarning ko‘payaib ketayotganligi, insonlarning xalok blishlari kuzatilib kelinmoqda. Shuning uchun doimo qurilish ishlarini davlat tashkilotlarida va yashash uylarda amalga oshirayotganda yong‘in xavfsizligi bo‘yicha qo‘yilgan talablarni bajarish kerak. Xozirgi vaqtda fan va texnika yutuqlari, yerosti va yer usti boyliklaridan unimli foydalanish muxim axamiyatga egadir. Kishilik jamiyati bosqichidayoq olov qanchalar muxim o‘rin tutganligi esa tarixdan ma’lum. Ayni chog‘da ajdodlarimiz mazkur kashfiyot mevasidan noto‘g‘iri foydalanish qanday oqibatlarga olib kelishini yaxshi aniqlashgan va olov ta’sirida yuzaga keladigan barcha ko‘ngilsiz xodisalar oldini olish yuzasidan extiyot choralarini ko‘rishgan.
Uy qurilishidan tortib uni isitish va sovitish tizimlari, oshxonaning joylashtirilishi, o‘choq boshida olov yoqish qoidalari o‘ziga xos bo‘lib, ularda yong‘inga sabab bo‘ladigan xolatlarga yo‘l qo‘yilmagan. Bolalarga-ku olov bilan bog‘liq hech qanday yumush buyuirilmagan yoki bolalarning olov o‘ynashlariga mutloqo izm berilmagan.
Afsuslar bo‘lsinki, bizning davrimizga kelib ko‘pchilik ota-onalar olov bilan bog‘liq ishlarda, aytaylik, ovqat pishirish, choy qo‘yish singari uy-ro‘zg‘or yumushlarida yong‘in xavfsizligi qonun-qoidalariga amal qilishmaydi yoki bu yumishlarni bolalarga topshirib qo‘yishadi. “Yong‘inlar profilaktikasi kuni” bo‘yicha tumanimizdagi maxallalarda yashovchi fuqarolarni xonadonlarini yong‘inga qarshi xoldatini ko‘zdan kezirganimizda bir qator kamchiliklar aniqlanib, xonadon egalariga kerakli blgan yong‘in xavfsizligi bo‘yicha tavsiyalar berildi, talablarni qo‘pol ravda buzgan fuqarolar mamuriy jarimaga tortildi va ularga qo‘shimcha tushintirish ishlari olib borildi. Yashash joylarida bo‘lgani kabi ish joylarida xam yong‘inga olib keluvchi holatlarga loqayd munosabat hamon saqlanib qolayotganligi tashvishlanarlidir. Buning natijasida joylarda turli darajadagi yong‘inlar sodir bo‘lib turibdi.
Tumanimizda, 2022 yilning shu kuniga qadar 6 ta yong‘in sodir bo‘lib, undan 60.696.000 ming so‘mlikdan ziyod moddiy zarar ko‘rilgan.. O‘tgan davir mobaynida sodir bo‘lgan yong‘inlarning 100 foizi ham turar joylariga to‘g‘iri keladi. Shu sababli favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari tomonidan axoli turar joylarinig yong‘inga qarshi xolatini muntazam tekshirib turiladi, maxallalar va qishloq fuqorolik yig‘inlarida yong‘in xavfsizlik qoidalari targ‘ib etilib, ommoviy axborot vositalari orqali yong‘inlar oldini olish maqsadlariga qaratilgan chiqishlar qilinadi, proflaktik tadbirlar o‘tkazilib boriladi. Ammo, fuqorolardagi loqaydlik va befarqliklar tufayli yashash joylarida hamon yong‘in sodir bo‘lib turibdi. Kimnigdir aybi bilan sodir bo‘lgan yong‘in ko‘plarning moddiy boyliklarini kulga aylanishiga, uy-joysiz qolishiga sabab bo‘layotir. Fikirimizni yanada oydinlashtirish uchun bir necha misollar keltirib o‘tishni joyiz topamiz.
2022 yilning 10 yanvar kuni Tumanimizning “Yangishaxar” maxallasidagi ichki yo‘lda xarakatlanib borib to‘xtagan damas rusumli avtomashinaning oldi mator qismidagi elektr simlari qizib yerishi oqibatida yong‘in sodir bo‘lgan. Yong‘indan damas rusumli avtomashina to‘liq yonib ketgan.
Kurilish bo‘layotgan binolarda xam bir necha yong‘inlar kuzatligan, yong‘inlarni sababi qurilish bo‘layotgan joylarda tez yonuvchi materiallarni saqlashi, ushbu materiallarni yonida elektr payvandlash ishlarini olib borishi, sigaretalar chekishlari oqibatida yong‘inlar kelib chiqmoqda.
Bunday misollarni ko‘plab keltirib o‘tishimiz mumkun. Maqsad fuqarolarning yong‘in xavfsizligi qoida talablariga rioya etishlari, loqaydlik va e’tiborsizlik singari illatlardan xoli bo‘lib, yong‘inlarga olib keluvchi omillarni bartaraf etilishida Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati xodimlariga yaqindan yordam berishlari lozimligini eslatib o‘tmoqchimiz. Chunki o‘z uyi va o‘zgalar xayoti uchun javobgarlik har bir kishining vijdon ishi bo‘lishi kerak. O‘zini vijdonli deb bilgan kishilar esa hech qachon yong‘inga olib keluvchi omillarga befarq qaramaydi, aksincha yong‘inlar oldini olish ishida faollik ko‘rsatadi. Yong‘in xavfsizligini ta’minlashda faollik ko‘rsatish burch ekanligini hech kim unitmasligi zarur.
Maboda yong‘in sodir bo‘lsa Darxol « 101 » yoki «76-46-52-201» ga telefon orkali yong‘in o‘chirish kismiga ko‘ngiroq qiling, bunda manzilingizni, nima yonayotganligini va ismi sharifingizni to‘liq va anik ayting. Dastlab mavjud bo‘lgan yong‘in o‘chirish vositalaridan foydalanib yong‘inni uchirishga xarakat kiling.
Qumqo‘rg‘on tuman FVB boshlig‘i o‘rinbosari
katta leytenant A.S.Toshtemirov