Jinoyat ishlari bo‘yicha Qumqo‘rg‘on tuman sudi tomonidan mahallalarda, o‘quv muassasalarida Yangi Konstitutsiya, korrupsiya va jinoyatchilikka qarshi kurash mavzularida davra suhbatlari o‘tkazildi. Tumandagi 33-maktabda o‘qituvchilar va o‘quvchilarga Yangi qabul qilingan Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati tushuntirildi. Bunday mazmunli tadbirlar 1-maktab, Azlarsoy, Bog‘aro, Yangi shahar, Besh qahramon mahallalarida ham tashkil etildi. Mahallalardagi aholiga va maktab o‘qituvchilari va o‘quvchilarigaga Korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha yangi qabul qilingan qonunlar, ko‘paygan jinoyatchiliklar, Rezonansli dolzarb va shovshuvli sud ocherklarini yoritish bo‘yicha davra suhbatlari tashkil etildi. Bu tadbirlarda jiniyat ishlari bo‘yicha Qumqo‘rg‘on tuman sudi raisi B. Tagayev qatnashib, Yangi qabul qilingan Konstitutsiya, korrupsiya illatini bartaraf etishga qaratilgan yangi qonunlarning mazmun, mohiyatini tushuntidi. Ko‘paygan jinoyatchilikning turlari, yomon oqibatlariga yo‘l qo‘ymaslik, sud ocherklarida yoritilayotgan dolzarb va shovshuvli mavzular haqida gapirdi. Bunday davra suhbatlari aholi va yosh avlodning huquqiy savodxonligini oshirishga yordam berdi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Qumqo‘rg‘on tuman sudi raisi B.Tagayev