Oila-inson mehr, hurmat va xotirjamlikni his qilishi kerаk bo‘lgan eng yaqin muhitdir. Oiladagi har bir inson bir-birini hurmat qilishi, muammolarni janjal va kuch ishlatish orqali emas, balki muloqat va tushunish orqali hal qilishi kerak.
Bugungi kunda inson qadri, uning huquq va erkinliklarini himoya qilish jamiyat oldida turgan eng muxim vazifalaridan biridir.
Har bir inson millati, yoshi, jinsi ijtimoiy mavqei yoki boshqa holatlardan qatiy nazar, hurmat va xavfsiz hayot kechirish huquqiga ega.
Afsuski, hayotimizda oilada, ta’lim muassasalarida, ish joylarida va turli ijtimoiy muhitlarda zo‘ravonlik holatlari uchrab turadi.
Zo‘ravonlik insonning nafaqat jismoniy, balki ruhiy holatiga xam jiddiy ta’sir ko‘rsatadi.
Zo‘ravonlik – bir insonni boshqa insonga kuch ishlatishi, qo‘rqitishi, haqorot qilishi, bosim o‘tkazishi yoki uning huquqlarini cheklashi kabi holatlarni qamrab oladi.
Zo‘ravonlik faqat urush yoki tan jarohati yetkazishdan iborat emas. Doimiy haqorat qilish, kamsitish qo‘rqitish, tahdid qilish, majburlash, iqtisodiy jihatdan qaram qilib qo‘yish ham zo‘ravonlikning turli ko‘rinishlari bo‘lishi mumkin.
Shuning uchun “Urishmadi-ku, demak zo‘ravonlik emas” degan qarash noto‘g‘ri.
Farzand tarbiyasida ham zo‘ravonlikdan foydalanish yaxshi natija bermaydi. Bolani qo‘rqitish yoki doimiy jazolash o‘rniga, uni tushunish, xatosini tushuntirish va to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatish muhim.
Bola oilada mehr va hurmatni ko‘rib ulg‘aysa, kelajakda u ham boshqalarga hurmat bilan munosabatda bo‘lishni o‘rganadi.
Yoshlar o‘rtasida zo‘ravonlikning oldini olaylik.
Yoshlar orasidagi janjal, haqorat bulling va kiberbulling ham jiddiy e’tibor talab qiladi. Ayrim holatlarda bir insonni doimiy ravishda masxara qilish, uning tashqi ko‘rinishi yoki qobilyati ustidan kulish, guruhdan chetlatish yoki ijtimoiy tarmoqlarda haqoratlash uning ruhiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. “Kuchli inson boshqani qo‘rqitgan emas, balki boshqani himoya qila olgan insondir”
Zo‘ravonlikka befarq bo‘lmaylik Agar inson zo‘ravonlikka duch kelsa, uni ayblash yoki “chidab yuraver” deb maslahat berish to‘g‘ri emas. Aksincha, uni tinglash, qo‘llab-quvvatlash va zarur hollarda ishonchli yaqinlari mas’ul mutaxassislar yoki tegishli tashkilotlarga murojaat qilishga yordam berish kerak.
Zo‘ravonlikni yashirish muammoni hal qilmaydi.
Befarqlik esa zo‘ravonlikning davom etishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Erkaklar va ayollar o‘rtasidagi o‘zaro hurmat.
Sog‘lom oila va sog‘lom jamiyat o‘zaro hurmat asosida shakllanadi. Erkak ham, ayol ham hurmatga xavfsizlikka va o‘z fikrini erkin bildirish huquqiga ega.
Oilada qarorlar o‘zaro maslahat, ishonch va hurmat asosida qabul qilinishi kerak.
Bir birini tushunish, kechirish, sabr bilan muloqat qilish va muammoalarni tinch yo‘l bilan hal qilish oila mustaqilligining muhim shartlaridir.
Jinoyat ishlari bo‘yicha
Qumqo‘rg‘on tuman sudining
sudya yordamchisi M.Qurbonova