“Hududiy elektr tarmoqlari” AJning 25.05.2026 yildagi “Xavfsizlik texnikasi” ko‘rik oyligini o‘tkazish to‘g‘risida”gi 146-sonli buyrug‘ga va Surxondaryo hududiy filialining 2026 yil 01 iyundagi “Xavfsizlik texnikasi” ko‘rik oyligini o‘tkazish to‘g‘risida”gi 580-sonli buyrug‘i
Bilasiz, elektr energiyasining xalq xo`jaligida, ishlab chiqarishda, hayotimizning eng zarur hollarida roli juda katta. Lekin elektr energiyasidan foydalanishda xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilmaslik muammosi uchrab turibdi. Shuni e’tiborga, baxtsiz hodissalarning olish uchun elektro qurilmalaridan jo’natishda “Xavfsizlik texnikasi” bo`yicha bir oylik ko`rik o’tkazilmoqda, buni barcha korxona olib, xo`jaliklar, tashkilotlarning xodimlari barcha fuqarolar bilmog`i kerak.
Elektr tokidan foydalanib ro’y bergan baxtsiz hidisalarning ko`p qismi 1000 V gacha bo`lgan elektro qurilmalarida sodir bo`lishi aniqlangan.
Elektr tokining qanday ta’sir etishi haqidagi xavfni odam sezgi organlarining oldindan sezmasligi kuchlanish ta’siriga tushishini oshiradi. Elektr toki bilan shikastlanish o’limga olib keladigan baxtsiz hodisalarning asosiy sabablaridan hisoblanadi. Elektr qurilmalaridan xonadonlarda har kuni turli maqsadda foydalaniladi. Lekin, shu elektr qurilmalaridan xavfsizlik texnikasi asosida foydalanmaslik ko’pgina baxtsiz hodisalarga olib keladi. Masalan, ko’pgina fuqarolar elektr liniyalari tagiga hech qanday ruxsatsiz uy-joy, molxona qurib, em-xashak uyib, turli xil daraxt ko’chatlari o’tkazmoqdalar.
Elektr uzatish liniyalari yaqinida bolalarning izolyatorlarni tosh bilan urib sindirishi, elektr qurilmalarining shikastlanishiga olib kelishi oqibatida elektr energiyasini yetkazib berishda uzilishlarga yo’l qo’yilmoqda. Baxtsiz hodisalarning oldini olish uchun, avvalo, oilada bolalarga elektr tokining qanchalik xavfli ekanligini tushuntirish lozim.
Ularga elektr liniyalari o’tkazilgan ustunlarning tayanchlariga chiqish, elektr tarmoqlariga sim bo’laklarini tashlash, uzilib yotgan liniyalarga yaqinlashmaslik to’g’risida tushuntirmoq kerak. Ko’pgina baxtsiz hodisalar uzilib va osilib turgan elektr simlariga tasodifan tegib ketish yoki ularni uzib olmoqchi bo’lganda sodir bo’lmoqda.
Rahbarlar, aziz fuqarolar! Elektr tizimlarida xavfsizlik texnikasi oylik kўrigini namunali o’tkazish uchun elektr ta’minoti xodimlariga yaqindan yordam bering, har bir xo’jalik va mahallalarda baxtsiz hodisalarga yo’l qo’ymaslik uchun bu eslatmalarga qat’iy amal qiling, tumanda hammaning ana shunday yo’l tutishi uchun barcha choralarni ko’ring.
«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Surxondaryo hududiy filiali Qumqo’rg’on TET
Ma’muriyati va barcha ishchi xizmatchilari oylik ko’rikni muvaffaqiyatli o’tkazish uchun sizlar imkoniyatlaringiz darajasida ish tutasizlar, deb ishonch bildiradi. Mustaqil respublikamizning elektr energiyasi ulug’ va mo’tabar ishlarga sarflansin. Hech kim g’am-g’ussa ko’rmasin, uzoq umr ko’ring, sihat-salomat bo’ling, deb.
Qumqo’rg’on tuman elektr ta’minoti ma’muriyati.