Bolaga to‘g‘ri oziqlanishni qanday singdirish mumkin

To‘g‘ri oziqlanish bolalar salomatligining poydevori bo‘lib, butun umr davomida foyda keltiradi. Ushbu odat bolaga erta yoshidan singdirilsa, u katta bo’lgnidagi hayoti davomida ham oziqlanishga ijobiy munosabatni shakllantiriradi. Bu odatlarni shakllantirish jarayoni nafaqat farzandingiz, balki butun oilangiz uchun ham quvnoq va foydali bo‘lishi mumkin! Buni boshlashning oltita usuli esa quyidagilardan iborat.

Ijobiy odatlarni rag‘batlantiring

    Kichkintoylaringiz siz qilayotgan hamma narsani, jumladan oziqlanishingizni ham kuzatadi. Agar siz o‘zingiz sog‘lom mahsulotlar, ichimliklar va yengil taomlarni tanlasangiz, shuningdek qiziqarli jismoniy faoliyat bilan band bo’lsangiz, taqlid qilish uchun yaxshi namuna bo‘lasiz. Sog‘lom mahsulotlarni tanlar ekansiz, farzandingizga a’lo darajada o‘rnak ko‘rsatgan bo‘lasiz.

    Bolalaringizni xarid qilish va ovqat tayyorlash jarayoniga jalb qilishga harakat qiling. Butun oila uchun mazali va foydali taomlar tayyorlashda ishtirok etish ular uchun qiziqarli bo‘ladi.

    Ovqatlanish vaqtidan o‘rganish imkoniyati sifatida foydalaning – turli xil oziq-ovqat guruhlarini birgalikda o‘rganing va tanamiz uchun qanday ozuqa moddalari va vitaminlar kerakligini bilib oling.

    Ozuqalanishga sog‘lom munosabatda bo‘ling

      Ozuqalanishga bo‘lgan sog‘lom munosabat bu umrbod salomatlik garovi hamda yurak kasalliklari, saraton va qandli diabet kabi xastaliklardan himoyadir. Farzandingizni quyidagilarga rag’batlantirib, unga yordam berishingiz mumkin:

      ● Ularga jismoniy ochlikni his qilayotganini tushunishga ko‘maklashing. Bu ularga o‘z tanasining ehtiyojlarini aniqlashda yordam beradi.

      ● Ovqatdan mukofot yoki jazo sifatida foydalanmang. Bu bolalarda ovqatlanish bilan bog‘liq nosog‘lom munosabatlarning shakllanishiga olib kelishi mumkin.

      ● Muayyan mahsulotlarni ta’qiqlamang. Ayrim mahsulotlarni, masalan shirinliklarni ta’qiqlash farzandingizda ularni tatib ko‘rish istagini yanada kuchaytirishi mumkin.

      Yusupova Muxlisa,

      TerDU talabasi