«Yangiyer» mahallasida “Asrmed” klinikasi filiali ish boshladi

Aholiga sifatli va zamonaviy tibbiy xizmat ko‘rsatish maqsadida Yangiyer mahallasida xususiy “Asrmed” klinikasining yangi filiali faoliyat boshladi. Mazkur tibbiyot maskani 2026-yil 23-fevral sanasida ishga tushirilib, qisqa vaqt ichida mahalla aholisi uchun muhim tibbiy muassasalardan biriga aylandi.
Klinika zamonaviy tibbiy uskunalar bilan jihozlangan bo‘lib, unda LOR apparati, UZI va laboratoriya jihozlari yordamida bemorlarga tezkor va aniq tashxis qo‘yish imkoniyati yaratilgan. Bu esa kasalliklarni o‘z vaqtida aniqlash va samarali davolash jarayonida muhim ahamiyat kasb etadi.
Klinikada LOR, ginekologiya, UZI, laboratoriya hamda massaj xizmatlari yo‘lga qo‘yilgan. Shuningdek, kattalar va bolalar uchun alohida muolaja xonalari tashkil etilgan. Muassasa kunduzgi rejimda faoliyat yuritadi.
Hozirgi kunda klinikada bir kunda o‘rtacha 100 nafar bemor qabul qilinmoqda. Bu esa klinika xizmatlaridan foydalanishga bo‘lgan talab yuqori ekanligini ko‘rsatadi va biz kelgusida klinikaning yanada rivojlanib, keng qamrovli tibbiy xizmat ko‘rsatishini kutib qolamiz.
Shuningdek, klinikaning pastki qavatida “Asrmed” dorixonasi ham faoliyat yuritib, bemorlarga kerakli dori vositalarini bir joyning o‘zida olish imkonini yaratmoqda.

Ro`zimuhammatova Sarvinoz,

amaliyotchi,422-guruh talabasi