Yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish va uning huquqiy oqibatlari

Hozirgi kunda yer munosabatlarini tartibga solish davlat siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Yer-bu jamiyatning eng qimmatli tabiiy boyligi bo‘lib, undan oqilona va qonuniy foydalanish har bir fuqaroning burchidir.

Afsuski, ayrim hollarda yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish holatlari uchrab turibdi. Bu esa qonun buzilishiga olib kelib, jiddiy huquqiy oqibatlarni keltirib chiqaradi. Yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish-bu tegishli davlat organlarning qarorisiz, hech qanday huquqiy asossiz yer maydonini egallab olish yoki undan foydalanish demakdir.

 Bunday holatlar odatda  uy-joy qurish, hovli kengaytirish, tadbirkorlik faoliyatini yuritish maqsadida amalga oshiriladi.

Qonunchilikka ko‘ra, har qanday yer uchastkasidan foydalanish faqat belgilangan tartibda ajratilgandan so‘ng va tegishli hujjatlar asosida amalga oshirilishi lozim.

O‘zboshimchalik bilan egallashning asosiy sabablari, aholining huquqiy bilimining yetarli emasligi, yer ajratish tartibini bilmaslik, tez foyda olishga intilish, nazoratning yetarli emasligi, lekin sabab qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, bu holat qonun oldida javobgarlikka sabab bo‘ladi.

 Huquqiy oqibatlar, yer uchastkasini o‘zboshimchalik bilan egallab olgan shaxslarga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda choralar ko‘riladi.

Birinchidan, bunday yer uchastkalari majburiy tartibda olib qo‘yiladi va avvalgi holatiga qaytariladi. Agar ushbu yerda noqonuniy qurilish amalga oshirilgan bo‘lsa, u buzdirilishi mumkin.

         Ikkinchidan, aybdor shasxlarga nisbatan ma’muriy javobgarlik qo‘llaniladi. Bu jarima solish orqali amalga oshiriladi.

Uchinchidan, agar mazkur holat katta zarar etkazilgan bo‘lsa yoki takroran sodir etilgan bo‘lsa, jinoiy javobgarlikka xam sabab bo‘lishi mumkin.

Bu esa ancha og‘ir oqibatlarga, jumladan, katta miqdorda jarima yoki boshqa jazolarga olib keladi.

Oldini olish choralari, yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish holatlarning oldini olish uchun quyidagi choralar muhim ahamiyatga ega.

Aholi o‘rtasida huquqiy targ‘ibot ishlarini kuchaytirish, yer ajratish jarayonlarini shaffoflashtirish, davlat nazoratini kuchaytirish, fuqarolarni qonunlarga rioya qilishga chaqirish shuningdek xar bir fuqaro yer uchatkasini olish yoki undan foydalanishdan oldin tegishli idoralarga murojaat qilib, barcha hujjatlarni rasmiylashtirishi lozim.

Xulosa qilib aytganda yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish-bu qonun buzulishi bo‘lib, u nafaqat shaxsning o‘ziga, balki jamiyatga ham zarar yetkazadi.

Qonunlarga rioya qilish, huquqiy madaniyatni oshirish va yerdan oqilona foydalanish har birimizning vazifamizdir.

Faqatgina qonuniy asosda yerdan foydalanish orqali barqaror rivojlanishga erishish mumkin.

Jinoyat ishlari bo‘yicha

Qumqo‘rg‘on tuman sudi raisi:                                            B.Tagayev