Oilaviy zo`ravonlik jamiyat muammosi

Oila-jamiyatning eng muhim va muqaddas bo‘g‘ini hisoblanadi.
Unda inson shakllanadi, tarbiya oladi va hayotga tayyorlanadi.
Biroq ayrim hollarda oiladagi munosabatlar sog‘lom emasligi tufayli zo‘ravonlik hoolatlari yuzaga kelmoqda.
Oilaviy zo‘ravonlik bu jismoniy, ruhiy iqtisodiy yoki jinsiy tazyiq orqali inson huquqlarining buzulishi demakdir.
Bugungi kunda oilaviy zo‘ravonlik nafaqat bir oila muammosi, balki butun jamiyatni tashvishga solayotgan dolzarb masalalardan biriga aylandi.
Ayniqsa ayollar va bolalar ko‘pincha bunday tazyiq qurboniga aylanmoqda. Zo‘ravonlik nafaqat jismoniy jarohatlarga, balki insonning ruhiy xoldatiga ham katta zarar yetkazadi.
Bunday muhitda ulg‘aygan bolalarda qo‘rquv ishonchsizlik va agressiya xususiyatlar shakllanishi mumkin.
Oildaviy zo‘ravonlikning kelib chiqish sabablari turlicha.
Bularga moddiy qiyinchiliklar, ishsizlik ichkilikbozlik, tarbiyaning yetarli emasligi va huquqiy savodxonlikning pastligi kiradi.
Ayrim xollarda esa odamlar zo‘ravonlikni muammolarni hal qilish usuli deb noto‘g‘ri qabul qiladi.
Shuningdek davlatimiz tomonidan oilaviy zo‘ravonlika qarshi kurashish bo‘yicha qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Qonunlar qabul qilinib jabrlanuvchilarni himoya qilish mexanizmlari yo‘lga qo‘yilgan.
Masalan, himoya orderlari berish, ishonch telefonlari tashkil etish va psixologik yordam ko‘rsatish kabi choralar shular jumlasidandir.
Zo‘ravonlikning oldini olish uchun eng avvalo jamiyatda sog‘lom muhitni shakllantirish lozim.
Oilada o‘zaro hurmat, mehr oqibat va tushunish ustuvor bo‘lishi kerak.
Shuningdek aholi o‘rtasida huquqiy bilimlarni oshirish va targ‘ibot ishlarini kuchaytirish muhim ahamiyatga ega.
Xulosa qilib aytganda zo‘ravonlikka qarshi kurashish har bir insonning burchidir.
Faqatgina birgalikda harakat qilibgina sog‘lom va barqaror jamiyat barpo etish mumkin.

Jinoyat ishlari bo‘yicha
Qumqo‘rg‘on tuman sudi tergov sudyasi M.O‘roqov