
O‘zbekiston Respublikasi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligining 2025-yil 29-oktyabrdagi 198-sonli buyrug‘iga asosan 2026-yilda O‘simliklar zararli organizmlari tarqalishining oldini olish maqsadida ularning qishlovga ketishini baholash hamda uzoq muddatli bashoratnoma tayyorlash yuzasidan kuzgi dala kuzatuvlar tadbirlarini amalga oshrish uchun 2025-yilning 31-oktyabr kunidan 19-noyabr kuniga qadar “Dolzarb 20 kunlik” deb e’lon qilingan hamda zararli organizmlar kuzatilgan maydonlarda keng qamrovli ommaviy kurash olib borish hamda. 2026-yil uchun qishloq xo‘jaligi ekinlarida uchraydigan zararli organizmlarning tarqalishining oldini olish, ular qishlovga ketish jarayonini baholash hamda uzoq muddatli bashoratnoma tayyorlash maqsadida kuzgi dala kuzatuvlarini o‘tkazish belgilandi. Shu munosabat bilan Qumqo‘rg‘on tumanida 2025-yilning 31-oktabridan 19-noyabrigacha “Dolzarb 20 kunlik” deb e’lon qilindi.
Bundan tashqari O‘simliklarni zararli organizmlarini kuzgi va bahorgi nazorati ikki qismdan iborat. Kuzda (noyabr) qishgacha zararkunandalar qanchalik tarqalganini baholash maqsadida kuzatuvlar o‘tkaziladi. Bahorda esa, ular qishdan (fevral) qanday chiqqanini va hosilga qanchalik xavf solishi umkinligini aniqlash uchun ish olib boriladi. Yer kovlash ishlari zararli organizmlar qishlash uchun еr ostiga o‘tganida ularning soni va turlarini aniqlashga qaratilgan. Bu ishlar zararkunandalarning tarqalishini va ularga qarshi qanday choralar ko‘rishni belgilash hamda zararli organizmlar kuzatilgan maydonlarda keng qamrovli ommaviy kurash olib borish.
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, dunyo bo‘yicha yetishtiriladigan o‘simliklar hosilining 35 foizi zararli organizmlar ta’sirida nobud bo‘ladi. Shundan 14 foizi zararli hasharotlar, 20 foizi esa hosilni tashish yoki omborlarda saqlash jarayonida yo‘qotiladi.
Qumqo‘rg‘on tumanining tuproq va iqlim sharoitlari dehqonchilikning barcha turlarini rivojlantirish uchun nihoyatda qulay sanaladi. Bunday sharoitda ko‘plab zararli hasharotlar tez rivojlanib, shimoliy hududlarga nisbatan bir necha bor ko‘proq bo‘g‘in beradi.
Zararli organizmlar rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar
Qishloq xo‘jaligi ekinlariga zarar yetkazuvchi hasharotlar, kasallik qo‘zg‘atuvchilari va begona o‘tlarning tarqalishi hamda zararlilik darajasi quyidagi omillarga bog‘liq:
• ob-havo sharoiti;
• tuproq tarkibi va holati;
• agrotexnika tadbirlarining to‘g‘ri olib borilishi;
• ekin navining chidamlilik darajasi.
Shu boisdan ishlab chiqarish jarayoniga zararli organizmlarga chidamli, serhosil ekin navlarini joriy etish, almashlab ekish tizimini qo‘llash, zararli organizmlarga qarshi ilg‘or himoya usullaridan foydalanish zarur.
Zararkunandalarga qarshi kurashda nazorat ishlari ahamiyati
Qishloq xo‘jaligi ekinlari zararli organizmlari va ularning kasalliklariga qarshi kurashishda doimiy, o‘z vaqtida o‘tkaziladigan nazorat tadbirlari muhim o‘rin tutadi. Bunday kuzatuvlar zararli organizmlar paydo bo‘lishi va tarqalish xavfini oldindan aniqlash imkonini beradi.
Tuproqdagi zararli hasharotlarni kuzatish va hisobga olish usullari
Hasharotlarning yashash muhiti turlicha bo‘lgani uchun ularni hisobga olish usullari ham farqlanadi. To‘liq va chala rivojlanadigan hasharotlar uchun alohida usullar qo‘llaniladi. Mehnat va vaqt sarfini kamaytirish maqsadida bir xil muhitda yashovchi bir oila vakillari uchun umumiy qabul qilingan usullar qo‘llaniladi.
Tuproqni kovlab na’muna olish (raskopka) tartibi:
• Har bir olingan na’muna o‘lchami 50×50 sm, ya’ni 0,25 m², chuqurligi 10 sm bo‘lishi kerak. Ushbu usul quyidagi zararli hasharotlar uchun qo‘llaniladi: o‘tloq parvonasi, no‘xat mevakori, olxo‘ri mevakori, don jujelitsa lichinkalari, lavlagi g‘ovak hosil qiluvchi kuya, tunlamlar, to‘da hosil qiluvchi chigirtkalar.
• Oddiy 40 sm chuqurlikdagi kovlash usuli tuproqda yashovchi va qishlovchi ko‘plab hasharotlar uchun qo‘llanadi:
uzun oyoqlilar, plakcha mo‘ylovli qo‘ng‘izlar, chertmakchi qo‘ng‘izlar, oddiy buzoqboshi, raps arrakashlari.
• Tuproqda kam uchraydigan, chuqur qatlamda qishlovchi hasharotlar uchun (odatda ilmiy-tadqiqot ishlari davomida) 65 sm chuqurlikkacha na’muna olinadi. Bularga: kulrang qora lavlagi uzunburunlari, kolorado qo‘ng‘izi kiradi.
Qumqo‘rg‘on tumani bo‘limi Zararli organizmlar tarqalishini prognozlashtirish va monitoring qilish bo‘yicha yetakchi mutaxassisi Y.Jonnazarov va Davlat inspektorlari.