TABIATNI ASRASH BARCHAMIZNING ASOSIY MAQSADIMIZDIR

Hozirda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalasi nafaqat mamlakatimizda, balki butun dunyoda eng dolzarb mavzulardan biri bo‘lib qolmoqda.

Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, chiqindilarni boshqarish, havoni toza saqlash, yashil hududlarni kengaytirish bularning barchasi insoniyat kelajagini ta’minlaydigan asosiy omillardir. Davlatimiz rahbarining tashabbuslari asosida so‘nggi yillarda ekologik xavfsizlikni ta’minlashga oid bir qator qonunpar va meyoriy hujjatlar qabul qilindi.

-atrof-muhitni muhofaza qilish,

-tabiiy resurslardan oqilona foydalanish,

-chiqindilarni qayta ishlash,

-aholining ekologik madaniyatini oshirishga xizmat qilmoqda.

Qonun ustuvorligi va jazolarning muqarrarligini ta’minlash – sudlarning eng muhim vazifasi ekanligiga etibor qaratadigan bo‘lsak.

Sud amaliyotida ko‘plab quyidagi misollar uchraydi:

-chiqindilarni tartibsiz tashlash,

-daraxtlarni noqonuniy kesish,

-suv va yer resurslaridan samarasiz foydalanish,

Bunday xatti-harakatlar uchun qonunchilikda aniq ma’muriy javobgarlik belgilangan. Agar ular katta miqdorda zarar keltirsa, jinoyat ishi qo‘zg‘atiladi va tegishli shaxslar jinoiy javobgarlikka tortiladi.

Shu orqali jamiyatda eng muhim tamoyil jazolarning muqarrarpigi ta’minlanadi.

Sudlarning asosiy maqsadi jazolash emas balki huquqbuzarliklarning oldini olish, profilaktika choralarini kuchaytirish va aholining huquqiy ongi hamda ekologik madaniyatini oshirishdir.

Shu maqsada ochiq sud majlislari, sayyor sudlar tashkilashtirilib borilayotganligi ubda xuddi shu mazmundagi ma’muriy huquqbuzarlik ishlari ko‘rilishi natijasida fuqarolar ishtirokida o‘tkaziladigan muhoka qilinayotganligi, ma’muriy huquqbuzarlik ishlari kamyib borayotganidan dalolat beradi.

Shu orqali, sudlar ekologiya umumxalq masalasi ekanliginin. Uni faqat davlat idoralari yoki sudlar emas, balki butun jamiyat, har bir fuqaro o‘z mas’uliyatini his etgan holda amalga oshirishi kerak ekanligini tushuntirilmoqda.

Otabek  Karimov ,

Jinoyat ishlari bo‘yicha

Bandixon tuman sudi raisi