Tuman hokimi Anvar Normamatov “Nurli diyor” mahallasida joylashgan 9-sonli umumta’lim maktabida mahalla yoshlari bilan uchrashdi.
Uchrashuvda 30 dan ortiq yoshlar ishtirok etib, ular tomonidan 30 dan ortiq muammo va takliflar bildirildi. Bildirilgan muammo va takliflarning 70 foizini ishga joylashish masalasi tashkil etgan bo‘lsa, qolgan 30 foizi moddiy yordam va boshqa masalalarni o‘zida qamrab oldi.
Yoshlar bilan bo‘lib o‘tgan “Hokim va yoshlar” uchrashuvida bir qator yoshlarning muammolari shu joyning o‘zida yechim topdi. Muddat talab qiladigan murojaatlar tuman hokimi tomonidan nazoratga olinib, ijrosi bo‘yicha tegishli mas’ullarga topshiriqlar berildi.