Korrupsiya – global muammo

Korrupsiya dunyo miqyosida hal etilishi lozim bo‘lgan global muammolardan biridir. Ushbu illat har qanday davlat va jamiyatning siyosiy-iqtisodiy rivojlanishiga jiddiy putur yetkazadi, inson huquq va erkinliklarining poymol bo‘lishiga olib keladi. Shu bois unga qarshi kurash xalqaro ahamiyat kasb etib, jahon siyosatining muhim masalalari qatoridan joy olgan.

O‘zbekiston Respublikasining  “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi  Qonuni 3-moddasida asosiy tushunchalar berilgan bo‘lib, unda korrupsiyaga oid huquqbuzarlik va manfaatlar to‘qnashuviga doir tushunchalarga ta’rif berilgan, ya’ni korrupsiya – shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini, yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etishidir.

Qonunning 5-moddasida esa korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari ko‘rsatib o‘tilgan bo‘lib, ular: aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ularga chek qo‘yish, ularning oqibatlarini, unga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi prinsipini ta’minlashdan iboratdir.

O‘zimizga xulosa qilishimiz, kelajakni korrupsiyasiz birgalikda qurishimiz, buning uchun avvalo o‘zimizni o‘zimiz tarbiya qilishimiz, korrupsiyanining har qanday ko‘rishnishini bartaraf qilish uchun birgalikda kurashishimiz zarurdir. Qabul qilingan Qonun davlat va jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’sir etuvchi mazkur illatga qarshi kurashishning huquqiy mexanizmi sifatida xizmat qiladi.

        R.             TO‘XTAYEV,

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qumqo‘rg‘on tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri 

XALQ MUROJAATI E`TIBORDA

Qumqo‘rg‘on tuman Xalq qabulxonasiga 2023 yil 3 oyi mobaynida 550 ta murojaatlar ro‘yxatga olingan bo‘lib, shundan 398 tasi yoki 97,79 foizi qanoatlantirilgan. Qayd etilgan murojaatlarda eng ko‘p ish bilan ta’minlash, maishiy gaz ballonlari bilan ta’minlash, ichki yo‘llarni ta’mirlash va qurish, chorvachilikni rivojlantirish uchun kredit, muhtojlarga bir martalik moddiy yordam, elektr tarmoqlari uskunalarini (simyog‘och ustun, transformator punkti) ta’mirlash va o‘rnatish, firibgarlik jinoyatlari bo‘yicha, aliment undirish hamda ichimlik suvi ta’minotidagi muammolar kabi dolzarb masalalar ko‘tarilgan.

 Xalq qabulxonasi tomonidan murojaatlarning hal qilinishi ustidan doimiy nazorat o‘rnatilib, jismoniy va yuridik shaxslarning buzilgan huquqlarini tiklash, qonuniy manfaatlarini himoya qilish, murojaatlarning o‘z vaqtida va samarali ko‘rib chiqilishini ta’minlash chora-tadbirlari muntazam ravishda amalga oshirilmoqda. Bu yil 3 oy mobaynida   34 ta murojaatlar ko‘rib chiqilgan bo‘lib, ularning barchasi tegishli tashkilotlar bilan birgalikda ijobiy hal etilmoqda. Misol uchun, 2023 yil 13 mart kuni Do‘stlik mahallasida yashovchi Menglieva Obod o‘g‘li Qudratov Murodni jamoatchilik ishiga joylashtirishda yordam so‘ragan murojaati joyida ijobiy hal etildi. Qumqo‘rg‘on tuman kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi xodimlari tomonidan Qudratov Murod jamoat ishiga joylashtirildi. 2023 yil  4 aprel kuni Mustaqillik mahallasida yashovchi Amonov Abdug‘aniga tuman Xalq qabulxonasining sa`y-harakati bilan 1500000 so‘m moddiy yordam olib berilib murojaati ijobiy  hal etildi.

                                             E.       MAMATQULOV,

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qumqo‘rg‘on tumanidagi Xalq qabulxonasi yetakchi mutaxassisi