KONSTITUTSIYA — HUQUQLARIMIZ, ERKINLIKLARIMIZ VA FAROVON HAYOTIMIZ KAFOLATI

8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni munosabati bilan tuman Adliya bo‘limi tomonidan 33-umumta’lim maktabi o‘quvchilari ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirning asosiy maqsadi yosh avlodning huquqiy savodxonligini oshirish, ularning Konstitutsiyamizda belgilangan huquq va erkinliklar, burch hamda majburiyatlar haqidagi bilimlarini mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.
Uchrashuv davomida mutaxassislar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyati, mamlakatimizda inson qadri, uning sha’ni, qadr-qimmati, huquq va erkinliklarini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida atroflicha ma’lumot berildi.
Ayniqsa, Bosh qomusimizda yoshlarning ta’lim olish huquqi, munosib sharoitlarda kamol topishi, o‘z qobiliyat va iste’dodini ro‘yobga chiqarishi uchun yaratilgan huquqiy kafolatlarga alohida to‘xtalib o‘tildi.
Tadbir davomida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, mutaxassislardan tegishli javob va tushuntirishlar oldilar. Huquqiy mavzudagi suhbatlar, savol-javoblar yoshlarning qonunchilikka bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qildi.
Zero, Konstitutsiyani bilish — o‘z huquqlarini anglash, qonunlarga hurmat bilan munosabatda bo‘lish va jamiyat hayotida faol ishtirok etish demakdir. Huquqiy bilimga ega, qonun ustuvorligini qadrlaydigan yoshlar esa Yangi O‘zbekistonning munosib kelajagini bunyod etadi.

Rustam Xurramov,
tuman Adliya bo`limi boshlig`i