Sohtalashtirilgan sud hujjatlari, Yolg‘on qo‘ng‘iroqlar va sms – xabarnomalar orqali sud organlari nomidan amalga oshirilayotgan kiberjinoyatlarning oldini olish

Bugungi kunda axborot texnologiyalari jadal rivojlanib boryotgan bir paytda, kiberjinoyatlari ham turli ko‘rinishlarda ortib bormoqda.

 Ayniqsa fuqarolarni aldash orqali moliyaviy yoki shaxsiy ma’lumotlarini qo‘lga kiritishga qaratilgan jinoyatlar ko‘paymoqda.

Shunday jinoyatlardan biri sud organlari nomidan amalga oshiriladigan yolg‘on qo‘ng‘iroqlar, SMS xabarlar va turli onlayn xabarnomalar orqali fuqarolarni chalg‘itish holatlaridir.

         Kiberjinoyatlarning zamonaviy ko‘rinishlari, so‘ngi yillarda jinoyatchilar o‘zlarini sud xodimldari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari sifatida tanishtirib, fuqarolarga telefon orqali murojaat qilmoqda.

Ular odatda quyilagi usullardan foydalanadi. Sizga nisbatan sud ishi qo‘zg‘atilgan deb qo‘rqitish, jarima yoki boshqa to‘lovlarni zudlik bilan amalga oshirishni talab qilish, shaxsiy ma’lumotlar (pasport, karta raqami, sms kodlar)ni so‘rash, noma’lum havolalarni yuborib ular orqali ma’lumotlarni qo‘lga kiritish.

Bunday holatlarda fuqarolar ko‘pincha qo‘rquv yoki ishonch tufayli shoshilinch qaror qabul qiladi va natijada firibgarlarning qurboniga aylanadi.

Sud organlari nomidan amalga oshiriladigan firibgarliklar, ma’lumki sud organlari fuqarolar bilan rasmiy tartibda ish olib boradi.

Ular hech qachon telefon orqali yoki SMS xabar orqali pul talab qilmaydi. Sud chaqiruvlari va boshqa hujjatlar belgilangan tarttibda, rasmiy kanallar orqali yuboriladi.

Firibgarlar esa aynan shu ishonchdan foydalanib o‘zlarini “sud xodimi, “kotib”, “tergovchi” deb tanishtiradi.

         So‘zlashuvlar rasmiy uslubdan foydalandi.

Qo‘rqitish yoki shoshiltirish orqali qaror qabul qilishga majbur qiladi. Agar to‘lov qilmasangiz, javobgarlikka tortilasiz kabi tahdidlar qiladi.

Bunday jinoyatlarning salbiy oqibatlari, yolg‘on qo‘ng‘iroqlar va xabarlar orqali amalga oshiriladigan kiberjinoyatlar jamiyatga katta zarar yetkazadi. Ularning asosiy oqibatlari quyidagilardan iborat.

Fuqarolarning moliyaviy zarar ko‘rishi, shaxsiy ma’lumotlarning tarqalishi, sud va boshqa davlat organlariga nisbatan ishonchning pasayishi, jamiyatda xavotir va ishonchsizlik muhitning kuchayishi.

Kiberjinoyatlarni olidini olish choralari.

Bunday jinoyatlarning oldini olish xar bir fuqaro quyidagi qoidalarga amal qilishi muhim:

1 Noma’lum raqamlarga ishonmaslik

Agar sizga noma’lum raqamdan qo‘ng‘iroq qilib, o‘zini sud xodimi deb tanishtirsa, darhol ishonib ketmang.

2. Shaxsiy ma’lumotlarni oshkor qilmaslik.

Hech qachon telefon orqali pasport ma’lumotlari, bank karta raqamlari yoki sms kodlarini bermang.

3. Rasmiy manbalarni tekshirish.

Sud ishlari haqida ma’lumotni faqat rasmiy saytlar yoki sud organlarining o‘zi orqali tekshiring.

4. Shubhali havolalarrni ochmaslik.

SMS yoki messenjer orqali kelgan no’malum havolalarni bosmang.

5. Huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilish.

Agar sizga nisbatan bunday holat sodir bo‘lsa, darhol tegishli idoralarga xabar bering.

Axborot xavfsizligi madaniyatini oshirish.

 Kiberjinoyatlarga qarshi kurashishda aholining axborot xavfsizligi bo‘yicha savodxonligini oshirish muhim  ahamiyatga ega. Buning uchun ommaviy axborot vositalari orqali tushuntirish ishlarini kuchaytirish, ta’lim muassasalarida axborot xavfsizligi qoidalarini joriy etish, fuqarolarni doimiy ravishda ogohlantirib borish lozim.

         Xulosa qilib aytganda, sud organlari nomidan amalga oshiriladigan yolg‘on qo‘ng‘iroqlar va sms xabarlar orqali sodir etiladigan kiberjinoyatlar zamonaviy jamiyat uchun jiddiy xavf tug‘dirmoqda.

Ularning oldini olish esa nafaqat davlat organlari, balki xar bir fuqaroning ham mas’uliyati hisoblanadi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha

Qumqo‘rg‘on tuman sudi raisi:                                            B.Tagayev