Odam savdosi uchun qanday javobgarliklar borligini bilarmidingiz?

O‘zbekiston Respublikasi JKning 135-moddasida: Odam savdosi, ya’ni odamni olish-sotish yoxud odamni undan foydalanish maqsadida yollash, tashish, topshirish, yashirish yoki qabul qilish jinoyatini sodir etgan shaxs uchun jinoiy javobgarlik belgilab qo‘yilganligi, ushbu jinoyatni birinchi marotaba sodir etgan shaxs uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkinligi, o‘g‘irlash, zo‘rlik ishlatish yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish yoxud majburlashning boshqa shakllarini qo‘llash orqali, ikki yoki undan ortiq shaxsga nisbatan, ojiz ahvoldaligi aybdorga ayon bo‘lgan shaxsga nisbatan, aybdorga moddiy jihatdan yoki boshqa jihatdan qaram bo‘lgan shaxsga nisbatan, takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan, bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib, xizmat mavqeidan foydalangan.

 O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasidan olib o‘tgan holda yoki uni chet elda qonunga xilof ravishda ushlab turgan holda, qalbaki hujjatlardan foydalangan holda, xuddi shuningdek jabrlanuvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni olib qo‘ygan, yashirgan yoxud yo‘q qilib yuborgan holda, kishi a’zolarini kesib olib, boshqa kishiga ko‘chirish (transplantat) maqsadida sodir etilgan bo‘lsa besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkinligi, agarda ushbu jinoyatni o‘n sakkiz yoshga to‘lmaganligi aybdorga ayon bo‘lgan shaxsga nisbatan sodir etilgan bo‘lsa, jabrlanuvchining o‘limiga yoki boshqa og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, o‘ta xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan bo‘lsa, uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa sakkiz yildan o‘n ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

 Bundan tashqari,  O.Karimov O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sud Plenumi Qarorining 2009 yil 24 noyabr kunidagi 12-sonli “ODAM SAVDOSIGA OID ISHLAR BO‘YICHA SUD AMALIYOTI TO‘G‘RISIDA” gi qarori mazmunini tushuntirib unga ko‘ra, Odam mehnati va xizmatlaridan mehnat, fuqarolik qonunchiligi normalariga muvofiq (masalan, qurilish yoki maishiy pudrat, haq evaziga xizmat ko‘rsatish, yo‘lovchi va yuk tashish, transport ekspeditsiyasi va h.k. shartnomalar bo‘yicha) foydalanilgan barcha hollarda odam ekspluatatsiyasi mavjud bo‘lmaydi.

Bunday huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarmaslik bilan bog‘liq nizolar fuqarolik sud ishlarini yuritish tartibida hal etilishi kerak.

Shuningdek, bir qator tushunchalarning ma’no mazmunini tushuntirib beriladi:

Qullik — o‘ziga nisbatan mulk huquqiga xos ayrim yoki barcha huquqlar amalga oshirilayotgan shaxs ahvoli yoki holatini anglatadi.

Erksizlik holati — shaxsning muayyan omillar majmui ta’siri ostida o‘z erkiga xilof ravishda har qanday ish yoki xizmatni bajarishga majbur bo‘lganligini anglatadi.

tashish — shaxsni olish-sotish bitimi tuziladigan (ijro etiladigan), boshqa shaxsga topshiriladigan joyga yoki undan ekspluatatsiya maqsadida foydalaniladigan joyga yetkazib berish (transportda tashish)ni anglatadi. Bunda yetkazib beriladigan shaxs odam savdosini amalga oshirish uchun mo‘ljallanganligi tashuvchiga oldindan ma’lum bo‘lishi lozim. Tashish bitta aholi punkti doirasida ham, O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga chiqish bilan bog‘liq tarzda ham amalga oshirilishi mumkin.

M.Qurbonova,

Jinoyat ishlari bo‘yicha

tuman sudining Sudya yordamchisi