Janubiy Surxon suv omborini chiqindilardan tozalash bo‘yicha maxsus o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi

Qumqo‘rg‘on tumani hokimining 2024-yil 25-iyundagi “Qumqo‘rg‘on tumanidagi “Surxon sohili” mahallasi hududida joylashgan “Janubiy surxon suv omborining” qirg‘oq bo‘yidagi suv yuzasida to‘planib qolgan chiqindilarni tozalash va maxsus-taktik o‘quv mashqini o‘tkazish to‘g‘risida”gi B-12-sonli buyrug‘i tasdiqlangan.

Mazkur buyruq ijrosini ta’minlash maqsadida Qumqo‘rg‘on tumani favqulodda vaziyatlar bo‘limi hamda hamkor tashkilotlar ishtirokida Janubiy surxon suv omborini chiqindilardan tozalash bo‘yicha maxsus-taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

Sel-suv toshqinlari oqibatida suv ombor hududiga kelib qolgan chiqindilar tozalanib maxsus texnikalar yordamida belgilangan chiqindi to‘kish poliginiga yuborildi.

                                                    F.Toshmamatov,

O‘zbekiston ekologik partiyasi tuman kengashi raisi