Til o’rganish uchun nima kerak:pulmi yoki ishtiyoq

Xorijiy tillarni o’rganmaslik uchun ko’p bahonalar ishlatamiz. Qiziq tomoni bu baholarni fakt sifatida qabul qilib, o’z ustida ishlashga urunib ko’rmayotganlar ham bor oramizda.Xo’sh aslida ham shundaymi? Til o’rganish uchun bizga nima kerak pulmi yoki ishtiyoq? Xorijiy tillarni o’zlashtirishni siri nimada? Quyidagi maqolam davomida shu savollarga javob topishga harakat qildim.
Til o’rganishda tug’ma qobiliyat kerakmi? Avvalo bu yerda gap poliglotik yoki biror bir xorijiy til bo’yicha ilmiy ish qilish haqida emas, insonning ma’qul yoki zaruriyat yuzasidan biron bir xorijiy tilni o’rganish va unda muloqot qila olish yoki olmaslik haqida gap ketayapti. Shunday ekan qobiliyatni vaj qilishdan oldin har birimiz hayotimizda bitta bo’lsa ham xorijiy tilni o’rganishimizni e’tiborga olishimiz lozim. Hozir gapirib turgan ona tilimizni ham bolalikda o’zlashtirganmiz. Unda o’z fikrimizni aniq ifodalay olish darajasiga yetish uchun bolaga necha yil kerak bo’lishini o’ylab ko’ring. Shu birgina fakt bilan » Bolalikda tilni osonroq o’rganish mumkin «, degan tushunchaning haqiqatga unchalik to’g’ri kelmasligini anglab yetish mumkin.

Norqulov Shohruhxon
TerDU o’zbek filologiyasi fakulteti 4-kurs 131-guruh talabasi