Bir bolaga bir kitob

Kitobdan yaxshi do‘st yo‘q jahonda,

G‘amxo‘ring bo‘lgay g‘amgin zamonda.

U bilan qol tanho hech bermas ozor,

Joningga yuz rohat beradi takror.

                                        Abdurahmon Jomiy

Kitob – insoniyatning eng yaqin do‘sti va maslahatchisi, bilim manbai hazinalar kaliti bo‘lgani uchun ham xalqimiz uni nonday aziz, mo‘tabar va muqqadas deb hisoblaydi.

Shuning uchun kitobga muhabbat  xalqimizning  qon qoniga singib ketgan. Kishining ma’daniyati uning o‘qigan kitobida aks etadi. Darhaqiqat kuni kecha Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanimizdagi 4-son davlat maktabgacha ta’lim tashkilotimizda “Mercy corps” xalqaro tashkiloti  ish rejasi asosida “Bir bolaga bir kitob” nomli tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirga tashrif buyurgan ota-onalar va mehmonlarimiz uchun kitob yarmarkasi  ham tashkil etildi. Tadbirda ota-onalarimiz faol ishtirok etib farzandlari uchun turli xil ertak va mazmunga boy kitoblar sovg‘a qilishdi.

Tadbirda tarbiyalanuvchilar tomonidan kuy-qo‘shiq, ajoyib she’rlar hamda sahna chiqishlari ota-onalar va mehmonlar uchun namoyish etildi. Tadbir so‘nggida bu kabi tadbir va kitob yarmarkasini tashkil qilgan 4-sonli DMTT ma’muriyatiga va “Mercy corps” xalqaro tashkilotiga o’z minnatdorchiligini bildirdi. Bunday tadbirlarni o‘tkazishimizdan maqsadimiz vatanimiz kelajagi bo‘lmish farzandlarimizning kitobga bo‘lgan muhabbatini bolaligidanoq uyg‘otishdir.

                                             Jamila Murotova,

Qumqo‘rg‘on tumani 4sonli DMTT metodisti Mercy Corps xalqaro tashkiloti mentori