ADLIYA ORGANLARI VA MUASSASALARI UCHUN YANGI FAOLIYAT YO‘NALISHLARI BELGILANDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 24 maydagi PF-80-son “Ma`muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas`yliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘isida”gi Farmoni loyihasida tizimda izchil amalga oshirilishi zarur vazifalar belgilandi. Shunga asosan Adliya vazirligining qo‘shimcha 4 ta yo‘nalishi ma`lum qilindi: aholining kundalik hayotida uchraydigan huquqiy muammolarni aniqlash, ularni tahlil qilish va bartaraf etish, joylarda aniqlangan tizimli muammolarni bartaraf etishga qaratilgan qonunchilik hujjatlari loyihalarini ishlab chiqish, fuqarolarga huquqiy masalalar bo‘yicha birlamchi bepul yuridik yordam ko‘rsatish, davlat organlari va mahallalarda yagona huquqni qo‘llash amaliyotini shakillantirishda metodik yordam ko‘rsatib borish kabi asosiy vazifalar amaliyotga tatbiq etiladi.

                Adliya bo‘limi har oyda “Adliya kuni” tadbirini o‘tkazib aholining muammolarini o‘rganib, hal etadi. Olis hududlardagi mahallalarda har oyda kamida ikki marotaba sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatiladi. Uyma-uy yurish va “Huquqiy ko‘mak” aksiyasini o‘tkazish orqali fuqarolarning kundalik hayotidagi huquqiy muammolarini bartaraf etish bo‘yicha qonunchilikka takliflar ishlab chiqiladi. “Onlini-mahalla” plataormasida huquqiy masalalarga oid muammolar hal etib boriladi. Aholiga bepul birlamchi yuridik yordam ko‘rsatilishini ta`minlanadi va ularga huquqiy tushuntirishlar beriladi. Yoshlar, ayollar, ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarni qonunchilik hujjatlarida belgilangan imtiyozlar haqida xabardor qiladi. Tuman (shahar) tashlilotlari hamda mahalla idoralariga yagona huquqni qo‘llash amaliyoti bo‘yicha metodik yordam ko‘rsatiladi.

                Aholining huquqiy ongini oshirish, qonunchilik hujjatlarini ijrochilarga yetkazishni samarali tashkil qilish maqsadida davlat organlari va tashkilotlariga huquqiy axborotni yetkazish bo‘yicha Yagona huquqiy axborot almashish tizimi ishga tushiriladi. “Mahalla huquqshunosi” loyihasi joriy qilinib, mahalla raislarining huquqsiy bilim va ko‘nikmalari oshiriladi. Mahallalarda haftaning har chorshanba kuni “Huquqiy targ‘ibot kuni” o‘tkaziladi. Aholiga va tadbirkorlik sub`yektlariga davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasida qo‘shimcha qulayliklar yaratiladi. Elektron hisoblash mashinalari uchun dastur va ma`lumotlar bazalarini ro‘yxatdan o‘tkazishga doir talabnomalar DXM va Yagona portal orqali topshirish imkoniyati yaratiladi.

                Farmonda umumiy holda XIV ta ko‘rsatkichlar bo‘yisha ishlar amalga oshiriladi.

                                                                                                              R. GULMATOVA,

                                                               Qumqo‘rg‘on tuman FHDYO bo‘limi 2 toifali inspektori